KOORDINATOGRAF

KOORDINATOGRAF (koordinatalar va… graf) — nuqtalarning toʻgʻri burchaqli koordinatalari boʻyicha ularni xaritaga yoki rejaga tez va aniq, belgilaydigan asbob. Rasmda nuqtalarni toʻgʻri chiziqli koordinatalar tizimi bilan belgilashda ishlatiladigan Koordinatograf koʻrsatilgan. Chizma taxtasiga birbiriga tik relyeslarda yuradigan rolikli karetkalar oʻrnatiladi. Bu karetkalarning birida nuqtalarning koordinatasini belgilash uchun ninalar boʻladi. Aniqlanishi lozim boʻlgan nuqtaning koordinatasi relslarga urnatilgan shkalaga qarab belgilanadi. Avtomatik elektron K. da qoʻshimcha ravishda hisoblash-yechish qurilmasi va boshqarish pulti ham boʻladi. Bunday Koordinatograf hisoblashechish qurilmasida topilgan toʻgʻri burchaqli koordinatalar buyicha asosiy nuqtalar xarita yoki rejada belgilashga hamda nuqtalar toʻrining koordinata chiziklarini avtomatik tarzda chizish va belgilashga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x