QALMOQQIR MIS KONI

QALMOQQIR MIS KONIToshkent viloyatidagi Olmaliq shahrining shim. gʻarbiy qismiga tutashgan. 1931-yilda topilgan. Kondan 1951-yildan foydalanilmoqda. Qalmoqqir mis koni misporfir tipidagi dunyo boʻyicha eng yirik hisoblangan 10 ta obyektlar qatoriga kiradi. Kon choʻkindi, vulkanogen va intruziv jinslar majmuasidan tarkib topgan, ularda magmatik hosilalar koʻproq uchraydi. Konning geologik tuzilishida riolitporfirlar, dolomitlar va ohaktoshlar, andezitdatsitli porfirlar, kvarsli monsonitporfirlar, granodioritporfirli daykalar, dioritli va diabazli porfiritlar mavjud. Vulkanogenchoʻkindi qatlam jinslarini siyenitdiorit qatoridagi asosliroq intruzivlar yorib chiqqan va qisman ular bilan assimilyatsiyalashgan. Asosiy ruda qamrovchi jinslar yirik shtok shaklida mujassamlashgan siyenitdioritlar, dioritlar va riolitporfirlardir. Porfirli shtokning yuqori qismi apofizalari karyerda, chuqurlik qismi esa chuqur burgʻi quduqlari bilan 3700 m gacha ochilgan. Kon rudalari 3 texnologik tipga: oksidlangan, aralash (tarkibida ikkilamchi sulfidlar boʻlgan) va birlamchi sulfidlarga boʻlinadi. Oksidlangan rudalar murakkab tuzilishi bilan farqlanib, koʻpincha turli qalinlikdagi tik yotuvchi tomir, qatlam, linza va ustun koʻrinishlarda uchraydi. Gipergenez zonasining eng koʻp qalinligi 180 m (oʻrtacha 60—65 m), oksidlangan rudalarning oʻrtacha qalinligi 20 m, aralash va xalkozinlilarniki 19 m dan iborat. Oksidlangan rudalardagi misning tarkibi — 0,3 dan 3% gacha, ikkilamchi sulfidli boyish zonasida — 0,3 dan 4% gacha. Qalmoqqir mis konining birlamchi rudalari tarkibida mis — 0,58%, molibden — 0,005 %, oltin — 0,5 g/t, kumush — 3 g/t, oltingugurt 1,5 — 2%, kamyob elementlar (selen, tellur, reniy, vismut, indiy va boshqalar) mavjud. Konning markaziy qismi mis va temir sulfidlariga boy. Oltinning taqsimlanishi xalkopiritli minerallashish bilan bogʻliq. Rudali shtokverkning kuzatilgan qalinligi 1240 m gacha. U yaxlit uzluksiz tanani tashkil qilib, konning oʻrta qismiga kelganda tarmoqlanadi. Konning boy oʻzak qismining oʻlchamlari: uz. 1740 m, eni 500 m, eng katta qalinligi 450 m boʻlib, unda mis oʻrtacha — 0,62%, molibden — 0,004%, oltin — 0,9 g/t, kumush — 3,55 g/t. Konda metasomatik oʻzgargan jinslar keng tarqalgan. Ularda greyzenlashish eruptivli brekchiyalar va qora granitporfirlarning daykalarida mujassamlashgan. Qalmoqqir mis konining kvarsseritsitli metasomatitlari odatdagi ikkilamchi kvarsitlardan oʻzida boy glinozyomli minerallarning (korund, diaspor, andaluzit va boshqalar) deyarli uchramasligi bilan farq qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x