PUTIN Vladimir Vladimirovich

PUTIN Vladimir Vladimirovich (1952.7.10, hoz. Sankt-Peterburg sh.) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federa-siyasining ikkinchi prezidenti. Sankt-Peterburg un-tining yuridik f-tini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—90). 1990-y. dan Sankt-Peterburg un-ti rektorining yordamchisi, Sankt-Peterburg sh. kengashi raisi maslahatchisi. SanktPeterburg sh. meriyasida tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmita raisi (1991—94), ayni paytda Sankt-Peterburg hukumati raisining birinchi oʻrinbosari (1994— 96), RF Prezidenti Ish boshqaruvchisi oʻrinbosari (1996—97), RF Prezidenti maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi (1997—98), RF Prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari (1998-y. mayiyul), RF Federal xavfsizlik xizmati direktori (1998-y. iyul — 1999-y. avg.), ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi (1999-y. mart — avg.). Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi (1999-y. avg. — 2000-y. may), ayni paytda 1999-y. 31 dek. dan RF Prezidenti vazifasini bajaruvchi. 2000-y. 26-martdan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti (2004-y. 14-martda ikkinchi muddatga RF Prezidenti etib saylandi). Amaliy tashrif b-n Oʻzbekistonda boʻlgan (2000, 2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x