“Puling koʻp boʻlsa, oʻzingni tanimay qolasan. Puling yoʻq boʻlsa…”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

 *****

Kim bir insonning xursand, baxtli boʻlishiga sabab boʻlsa, oʻzi ham, insha Alloh, baxtli boʻladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Koʻzi ojiz kishi daryodan suv ichish uchun uyidan chiqdi. Chiqar ekan, yoʻlini yoritish uchun qoʻliga chiroq koʻtarib oldi. Yoʻlda bir odam uni koʻrib qoldi va «Nega chiroq koʻtarib oldingiz? Baribir, buning sizga foydasi yoʻq-ku!» deb soʻradi. Shunda koʻzi ojiz kishi «Chiroqni koʻzi ochiqlar menga urilib ketmasliklari uchun koʻtarib oldim» deya javob berdi.

*****

Boshqalarning qoʻlidagi narsaga qarama. Tagʻin oʻz qoʻlingdagi narsa yoqmay qolmasin.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Ogʻir lahzalarda kim sening yiqilmasligingni qattiq xohlashini ham, kim sening yiqilishingni jimgina tomosha qilib turishini ham koʻrasan.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Qullikdan ozod boʻlish uchun kurashadiganlar bor. Qullik shartlarini yaxshilashni talab qiladiganlar bor.

Mustafo Mahmud

*****

Baʼzilar oʻzining zakovati sababli muvaffaqiyatga erishadi. Baʼzilar boshqalarning ahmoqligi hisobiga muvaffaqiyatga erishadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Puling koʻp boʻlsa, oʻzingni tanimay qolasan. Puling yoʻq boʻlsa, seni birov tanimay qoladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Soxta doʻst soyaga oʻxshaydi. Quyosh ostida yurganimda, ortimdan yuradi. Qorongʻu joyga, soya joyga oʻtib olsam, yoʻqolib qoladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/puling-kop-bolsa-ozingni-tanimay-qolasan-puling-yoq-bolsa/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x