“Istigʻfor – ochilmaydi deb oʻylangan qulflarning ochilishiga sabab boʻladi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Nabiy sollallohu alayhi vasallam muattar boʻyli inson edilar. Agar biror kishi bilan qoʻl berib soʻrashgan yoki kimningdir boshini silagan boʻlsalar, kun boʻyi oʻsha odamning qoʻlidan yoki boshidan muattar hid anqib turar edi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Istigʻfor – ochilmaydi deb oʻylangan qulflarning ochilishiga sabab boʻladi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Ilmning:

Birinchisi: jim turish;

Ikkinchisi: chiroyli tinglash;

Uchinchisi: uni yodlash;

Toʻrtinchisi: unga amal qilish;

Beshinchisi: uni tarqatish.

Mustafo Manfulutiy

Xovatir roqiya jurnali

*****

Odamlarning uy qurish borasidagi turli fikrlarini koʻp eshitsak ham, baribir uyimiz tomsiz qolaveradi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Insonning aqli pishib borgani sari atrofidagi odamlarning soni ham ozayib boradi. Chunki pishgan aql laganbardorliklarga toqat qila olmaydi.

Jorj Bernard Shou

*****

Komil fazilat – senga qilishlarini istamagan muomalani sen ham boshqalarga qilmasligingdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Holatingni sharhlab, izohlab vaqtingni ketkazma. Odamlar nimani eshitishni istasalar, oʻshanga quloq soladilar.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Sendan gʻazablangandan keyin sen bilan gaplashish uchun yana oldingga kelgan kishi seni qattiq yaxshi koʻradigan shaxsdir.

“Xovatir roqiya jurnali”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/istigfor-ochilmaydi-deb-oylangan-qulflarning-ochilishiga-sabab-boladi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x