Unga dafn etilgan qizim…

Kisiro Tanaka

 

TEPALIK

Ninosima – yam-yashil orol,

Hu, tepalik. Unga nazar sol,

Unga dafn etilgan qizim…

Uning ismi benomu nishon

Oʻchib ketgan minglar qatori…

Oh, alamdan oʻrtanadi jon…

Xirosima – shum atom shahri!

 

QUYOSH BOTISHI

Eshitolmam aytgan soʻzingni,

Koʻrolmayman sening oʻzingni…

Maktabingning vayronasida

Yonar botgan quyoshning nuri…

Xirosima – shum atom shahri!

 

Shuhrat tarjimalari

 

ziyouz.uz

https://saviya.uz/ijod/nazm/unga-dafn-etilgan-qizim/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x