PROTEZ

PROTEZ (yun. prothesis — qoʻshish, ulash) — qoʻl-oyoqlarning yoʻq qismlari yoki gavda va aʼzolarning boshqa mayib qismlari oʻrnida vaqtincha yoki doimiy ishlatiladigan mexanik moslama. Kosmetik nuqsonni yashirish (mas, koʻz P. zi) yoki oʻzgargan funk-siyani tiklash (mas, panja P. i, tish P. i) uchun xizmat qiladi.

Kosmetik, ishchi x. amda davo Protez lari farq qilinadi. Aktiv, harakatlanuvchan va ushlash funksiyasini bajaradigan ishchi Protezlar korxonalarda ishlash imkonini beradi. Odatda, bu xil Protezning ichiga ishlash moslamalari joylashtiriladi. Kosmetik (anatomik) Protez yoʻqotilgan aʼzo (mas, qoʻl-oyoq, koʻz, tish, quloq chigʻanogʻi, koʻkrak bezi va b.) shakli va qisman funksiyasini tiklash uchun ishlatiladi. Davo protezi biror aʼzo funksiyasini tiklash maqsadida vaqtincha qoʻllanadi (mas, ortopedik poyabzal, skoliozda tanaga kiydiriladigan korset, bandaj, ortopedik apparatlar va h. k.). Qoʻl va oyoq P. lari bir necha xil boʻladi. Oyoq pan-jasi kesilganda panja, toʻpikdan tiz-zagacha kesilganda boldir, boldirdan chanoq boʻgʻimigacha kesilganda son va umuman oyoq boʻlmaganida chanoqson Protez idan foydalaniladi. Qoʻl Protez ining esa panja, bilak, yelka va b. xillari boʻlib, bu koʻproq amputatsiya qilingan soha choʻltogʻiga moslanadi. Protez polietilen, xlorvinil, termoplast va b. materiallardan yengil, qulay va chi-damli, gigiyenik talablarga javob be-radigan qilib tayyorlanadi. Oʻzbekistonda Protezlar ochiq turdagi «Ortopediya» aksiyadorlik jamiyati z-dida tayyorlanib, nogironlarga bepul beriladi va vaqtvaqti bilan almashti-rib turiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x