FELZIT

FELZIT (nem. Felsit) — nordon effuziv jinslarning mayda donador massasi bulib, kaliyli dala shpati (ortoklaz) va kvars, baʼzan nordon plagioklaz hamda toʻq rangli minerallar (piroksen, biotit va b.)dan tarkib topgan. Kimyoviy tarkibi boʻyicha Felzit datsitdan (SiO2 massasi boʻyicha 68%) riolitgacha (72—75%) oʻzgarib turadi. Zichligi 2,2—2,4 g/sm3. Diagenez va boshlangʻich metamorfizm jarayonida vulkan shishasining qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Paleotip jinslar (kvarsli porfir, keratofir, ortofir) uchun xosdir. Baʼzan «F». termini togʻ jinslari nomida uchraydi (mas, felzodatsit, felzofir). Felzit yuqori sifatli kislotabardosh material sifatida ishlatiladi. Konlari Shim. Kavkaz, Zakarpatye, Vengriya, Germaniya va b. da mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x