FENOMENALIZM

FENOMENALIZM — falsafiy taʼlimot; bevosita bilish obyekti sezgilarning oʻzidangina iborat degan nuqtayi nazarga tayanadi. Bu taʼlimot vakillarini falsafa tarixida ashaddiy va moʻtadil Fenomenalizm tarafdorlariga ajratiboʻrganishadi. Ashaddiy Fenomenalizm konsepsiyasi dunyo «gʻoyalar» majmuasi, «sezgilar kompleksno deb hisoblovchi (Berkli, empiriokrititsizm) subyektiv idealizm oqimiga yoki dunyoni bilish mumkinligini inkor etuvchi agnostitsizmgy. olib boradi. Bunday konsepsiya tarafdorlari fikricha, «sezgilar ortida nimalar yashiringanligini bilishimiz mumkin emas» (Yum). Moʻtadil Fenomenalizm vakillari orasida sezgilarda namoyon boʻluvchi obyektlarning real mavjudligini tan oluvchi va bunday obyektlarni (Lokk singari) moddiy obyektlar deb hisoblovchi noizchil materialistlarni ham, bu obyektlarni bilib olish mumkin boʻlmaydigan «narsa oʻzida»dir deb hisoblovchi kantcha agnostitsizm tarafdorlarini ham (Kant, Mill, Spenser) uchratish mumkin. Fenomenalizm 19—20-a. larda oʻtgan barcha pozitivistik taʼlimotlarga ham xosdir. Fenomenalizm neopozitivizm oqimida lingvistik va umuman semiotik shaklda namoyon boʻladi, chunki bu oqimning asosiy daʼvosi tajribani «obyektli» yoki «fenomenalistik» tilda ifodalab berishdan iboratdir. Fenomenalizm inglizamerika neorealizmiga ham xosdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x