PROFESSOR

PROFESSOR (lot. professor — dare beruvchi, oʻqituvchi) — oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi yoki i. t. muassasasi xodi-mining ilmiy unvoni, lavozdmi. Professor atamasi dastlab Rim imperiyasi (mil. av. 1-a. oʻrtalari — mil. 5-a. boshlari)da grammatika va voizlik maktabi oʻqituvchilariga nisbatan qoʻllangan. Oʻrta asrlarda diniy maktab muallimlari, 13-a. dan boshlab, un-tlar paydo boʻlgach, un-t oʻqituvchilari Professor deb atalgan. Oʻrta ayerlarda Professor atamasi olimlik belgisi sifatida magistr yoki fan dri ilmiy darajalari maʼnosini bergan. Un-tlarda kafedralar tashkil etilishi va maxsus Professorlik lavozimlari joriy etilishi bilan Professor oliy ilmiy daraja tushunchasidan tashqari, un-tlarning yetakchi oʻqituvchisi ilmiy unvonini anglatadigan boʻldi. Oʻzbekistonda 20-a. boshlaridan dastlabki Professorlik unvoni berila boshladi. Fitrat birinchi uzbek Professori hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Professorlik unvoni oliy oʻquv yurtlari yoki i. t. muassasalari ilmiy kengashining tavsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan beriladi. Mamlakatimizda Professorlik unvonini berishda OʻzR Vazirlar Mah-kamasi huzuridagi OAK rayosatining 1996-y. 25 yanv. dagi qarori bilan tasdiqlangan «Ilmiy unvonlar berish toʻgʻri-sida nizom»ga amal qilinadi. Ushbu nizomga koʻra, Professor unvoni quyidagilarga beriladi: a) tanlov yoʻli bilan kafedra mudiri, Professor lavozimiga saylangan yoki shartnoma asosida shu lavozimlarda ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish in-ti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrin-bosari) lavozimida 1 oʻquv yili muvaffaqiyatli ishlagan, kamida 5 y. lik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan fan d-rlariga; b) oliy oʻquv yurtining i. t. boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov yoʻli bilan utgan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan hamda 5 y. lik ilmiy stajga ega boʻlgan va mazkur lavozimlarda kamida 1 y. yaxshi natija koʻrsatib ishlagan fan d-rlariga; v) xalq xoʻjaligining yirik mutaxassisi boʻlgan va pedagogik ishga jalb qilinib, tanlovdan oʻtgan yoki shartnoma asosida ishlayotgan oliy oʻquv yurtining kafedra mudiri, Professori yoki rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish in-ti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrinbosari) lavozimlarida 1 y. dan beri sama-rali ishlayotgan fan d-rlariga; g) oliy oʻquv yurti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki Professor iTtavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, kamida 5 y. pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan va shu lavozimlarda 2 y. muvaf-faqiyatli ishlagan OʻzR, Qoraqalpogʻi-ston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, meʼmorlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, xizmat koʻrsatgan fan va sanʼat arboblari, xizmat koʻrsatgan artistlar, rassomlar, meʼmorlar, trenerlar, madaniyat xodimlariga berilishi mumkin; d) tanlov yoʻli bilan kafedra Professori lavozimiga saylangan va bu lavozimda 2 y. muvaffaqiyatli ishlagan madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik in-tlari ix-tisoslashgan kafedralarining oliy maʼlumotli, dotsent ilmiy unvoni va kamida 10 y. lik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin; ye) dotsent ilmiy unvoni boʻlgan va madaniyat, meʼmorlik, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport hamda muhandislik grafikasi (chizma geom.) sohasida ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki Professori lavozimida ishlab turgan, oliy ukuv yurtlarida kamida 10 y. lik pedagogik ish stajiga ega, shu lavozimda kamida 1 y. samarali ishlagan fan nomzodiga berilishi mumkin; yo) respublika i. t. muassasalarida boʻlim (boʻlinma, sektor, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov yoʻli bilan saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan yoxud direktor, direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, ilmiy raxbar, maslahatchi lavozimini egallab turgan, kamida 5 y. lik ilmiy staji boʻlgan va shu lavozimda kamida 1 y. yaxshi ishlagan fan d-rlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega bulishlari, oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish in-tlarida yuksak metodik va ilmiy saviyada maʼruzalar kursini oʻqiy olishlari, ilmiy daraja olgan malakali mutaxas-sis tayyorlagan bulishlari, madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik in-tining mutaxassislari xalkaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan bulishlari kerak.

Professorlik unvoniga daʼvogar shaxsning xujjatlari unga fan dri ilmiy darajasi berilgan sanadan 1 y. utgandan key-ingina oliy ukuv yurtlari hamda i. t. muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan muhokamaga qabul qilinishi va OAKga yuborilishi mumkin. Professorlik unvoniga daʼvogarning hujjatlarini OAK tomonidan koʻrib chiqish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Professorlik unvoni OAK tomonidan umrbod beriladi. Professorlik lavozimi uchun oliy oʻquv yurti yoki ilmiy muassasada har 5 y. da 1-marta tanlovdan oʻtish lozim.

Boshka mamlakatlarning Professor unvoniga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari oʻz arizalari va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarining tavsiyasiga muvofiq belgilangan tartibda qayta attestatsiya (no-strifikatsiya)dan oʻtkazilgach, tegishli hujjat beriladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan chet el fuqarolarining Professorlik ilmiy unvoni ham manfaatdor tashkilotning tavsiyasiga muvofiq belgilangan tartibda qay-ta attestatsiya (nostrifikatsiya)dan oʻtka-zilgach, haqiqiy hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x