PROTIVOGAZ

PROTIVOGAZ (rus. protiv — qarshi va gaz) — nafas organlari, yuz va koʻzni zaharli radioaktiv moddalar va bakterial vositalar taʼsiridan himoya qiluvchi asbob. Filtrlovchi va izolya-siyalovchi turlarga boʻlinadi. Fi l -trlovchi Protivogazni 1915-y. N. D. Zelenskiy kashf etgan. U gazni tozalaydigan quticha, niqob-shlyom va ularni tutashtiruvchi naychadan iborat boʻlgan. Bunday Protivogaz atrofdagi zaharli havoni tozalab beradi. Izolyatsiya lovchi Protivogaz regenerativ patron, nafas olish qopchasi, karkas, nikrbshlyom va tutashtiruvchi naychadan iborat. Bunday Protivogaz komplektida ampulali quticha, sumka va b. boʻladi. Izolyatsiyalovchi Protivogazda tashqaridagi havodan foydalanilmaydi, uning regenerativ patronidagi kislorod b-n nafas olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x