PRESLI

PRESLI (Presley) Aaron Elvis (1935.8.1, Tupelo, Missisipi shtati — 1977.17.8, Memfis) — amerika xonandasi va kinoaktyor. Rok musiqa asoschilaridan. Gospelz (diniy qoʻshiqlar), blyuz, kantri kabi amerika ommabop musiqa janrlari negizida oʻziga xos, joʻshqin va ehtirosli ijro uslubini yaratgan, «roknroll qiroli» unvoniga sazovor boʻlgan. Bolalikdan cherkov xoriga qatnashgan. 1954-y. dan ovoz yozish studiyalari va teleshoularga katnashib, tez orada butun Amerikada tanilgan, keyinchalik jahon ommabop musiqa «yulduz»iga aylangan: 1956-y. da grammplastinkaga yozilgan «Heartbreak Hotel» qoʻshigʻi tarixda ilk bor bir million nusxada sotilgan (P. ning grammplas-tinkalaridan jami 140 tasi shu ti-rajda tarqalgan). Qoʻshiq ijrosida bi-rinchi boʻlib grim, ochiq rangli ki-yimlar, turli chiroq effektlaridan foydalangan, oʻziga xos sahna imijini yaratgan. Kinoaktyor sifatida 30 dan ortiq filmda qatnashgan. AKSHning «Gremmi» mukofotiga bir necha bor sazovor boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x