PIRENEY YARIM OROLI

PIRENEY YARIM OROLI, Iberiya yarim oroli — Yevropaning jan.gʻarbidagi yarim orol. Mayd. 582 ming km2. Atlantika okeani bilan Oʻrta dengiz oraligʻida. Pireney yarim oroli Afrikadan Gibraltar boʻgʻozi orqali, Yevropaning qolgan qismidan esa Pirenei togʻlari orqali ajralgan. Pireney yarim orolida Ispaniya, Portugaliya, Andorra davlatlari va Gibraltar joylashgan. Qirgʻoq chizigʻi aksari kismida tekis. Yer yuzasi yassitogʻlik va togʻlardan iborat. Oʻrtacha bal. 1000 — 1500 m. Eng baland joyi — Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m). Sohili — payettekislik. Toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, simob, polimetall rudalari, pirit konlari bor. Iqlimi asosan, Oʻrta dengizga xos subtropik, gʻarbida sernam, okean iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 8—12°, iyulniki 18—28 . Maksimal t-ra 40°, minimali —25°. Yillik yogʻin shim. da 800—1000 mm, togʻlarda 1500—2000 mm, ichki hududlarda 300—500 mm. Yirik daryolari: Taxo, Gvadiana, Duero, Ebro, Gvadalkvivir. Tabiiy oʻsimliklari oʻrta dengiz butalari (makvis, gariga), dasht oʻsimliklaridan iborat. Hududining 40% butazor. Oʻrmonlar ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x