PIROKSENIT

PIROKSENIT — bir yoki bir necha piroksenlardap iborat oʻta asosli togʻ jinsi. Baʼzan dala shpati, olivin va magnetit yoki titanomagnetit aralashgan boʻladi. Piroksenit gabbro-peridotitli magmatik togʻ jinslari guruhiga mansub. Tarkibidagi piroksen va ruda mine-rali turiga qarab Piroksenit ortopiroksenit, klinopiroksenit, bronzitit, giper-stenit, vebsterit (lersolit) kabi turlarga boʻlinadi. Undan tashqari, granat, ilmenit, slyuda, plagioklaz va asosiy aksessor minerallar sifatida xromshpinelidlar bilan magnetit qoʻshiladi. Piroksenitda 43-53% SiO2, 4-10% A12O3> 5-13% FeO+F2O3, 1324% MgO va 9-20% SaO boʻladi. Piroksenit giperbazitlar tarkibiga kiradi. Koʻpincha ishqorli jinslar va karbonatitlarda apatit, nodir-yer elementlari va b. foydali kazilmalar bilan birga uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x