PLAKAT

PLAKAT (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquvtaʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy Plakat, odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, xammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi oʻziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanilishi muxim rol oʻynaydy. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir b-n) ishlatiladi.

19-a. 2yarmidan Gʻarbiy Yevropada reklama koʻrinishidagi Plakat yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura baʼzan Plakat deb atalgan. Plakat ijtimoiy – siyosiy hayot, xalq xoʻjaligi, madaniy vazifalar bilan bogʻliq xrlda rivojlandi. 1900-y. lar boshlarida siyosiy Plakat yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash soha-sida katta yutuklarga erishildi. 1910-y. dan kitob-jur. grafikasidan uzokdashib, dastgoh grafikasiga yakinlashgan Plakat rangtasvir, grafika, foto sanʼati bilan koʻproq bogʻlandi. 20-a. da Plakat tashvi-qotning jangovar quroliga aylandi. 2-jahon urushi yillarida oʻta taʼsirchan vositaga aylangan boʻlsa, hoz. kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uch-rab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va b. da muxim rol oʻynamoqda.

Oʻzbekistonda Plakat 19-a. oxiri 20a. boshlarida paydo boʻldi, 20-a. 20-y. laridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qoʻlda ishlangan va koʻpaytirilgan Plakat va hajviy rasmlar keng qoʻllanilgan. Bosma P. 1923 — 24-y. lardan chop etila boshlandi. Usta Nabi Hafizov, M. Kurzin, V. Ufimsev, V. Kaydalov va b. samarali ijod qildi. 2-jahon urushi yillarida Plakat yetakchi oʻrinni egalladi. Plakat chirassomlar uyushmasi tuzildi, OʻzTAG oynasi tashkil etildi (1941). Plakatda soʻnggi yangiliklar va muhim voqealar oʻz ak-sini topdi. 60— 80-y. larda A. Balkanov, V. M. Gromiko, F. Kagarov, V. Yevenko, T. Tkachev va b. rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy maʼrifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F. Kagarovning tinchlik mavzu-idagi Plakat lari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijo-diy izlanishlari tufayli P. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning eng taʼsirchan ommabop turiga aylandi (A. A. Ziyoyev, T. A. Toxtarova, X. Hasanov, N. Hakimov, N. Husanov, I. Abdullayev, A. Nurqobilov va b.).

Axborot texnologiyasining rivojlanishi, poligrafiya ishlarining yangilanishi hamda xayotga keng koʻlamda kompyuter grafikasining kirib kelishi Plakatning yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x