PERXLORATLAR

PERXLORATLARperxlorat kislota tuzlari; tarkibida SYU4 ioni boʻlgan moddalar. Metall Perxloratlar xloratlarni elektrolitik oksidlash yoʻli bilan olinadi. Mas, kaliy xloratni ehtiyotlik bilan qizdirilsa, disproporsiya natijasida kaliy perxlorat hosil boʻladi. Barcha elektr musbat elementlarning Perxloratlari maʼlum. Faqat kichik zaryadli kat-ta kationlarning Perxloratlari (CsCiO4, RbCIO4, KSYU4) suvda oz, boshqa me-tallarning Perxloratlari yaxshi eriydi. Perxlorat ion SYU~ tetraedrik shaklga ega. Permanganat ion, sulfat ion, ftor-borat ionlar xam tetraedrik shaklli. Shu sababli ayni metallning perxlorati uning permanganati, sulfati va ftor-borati bilan izomorf kristallar hosil kdpadi. Perxlorat ionning eng muhim xossalaridan biri, u kompleks birikmaning ichki sferasiga ligand sifatida kirmaydi. Shuninguchun komplekslar olishda dastlabki modda sifatida metall ionlarning Perxloratlar idan foydalaniladi. Perxloratlar, asosan, oksidlovchi, portlovchi moddalar komponenti sifatida, shuningdek, pirotexnikada qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x