PEPTIZATSIYA

PEPTIZATSIYA (yun. peptein — qayta gtishirmoq) — koagulyatsiya natijasida olingan choʻkmaning qaytadan kolloid eritma (zol)ga oʻtish jarayoni. Peptizatsiya koagulyatsiyaga teskari, yaʼni choʻkmaga tushgan yirikroq agregatlarning qay-tadan kolloid zarracha holatiga oʻtishi (dezagregatsiyalanishi). Peptizatsiya jarayonini amalga oshirish uchun koagulyatsiya mah-sulotiga biror elektrolit yoki sirt faol modda qoʻshib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatilgan elektrolit va baʼzi sirt faol moddalar peptizatorlar deyiladi. Peptizatsiya tezligiga turli omillar (peptizatorning kimyoviy xossasi, konsentratsiyasi, choʻkmaning holati va mikdori, t-ra, aralashtirish tezligi, vodorod ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi, ultratovush, radioaktiv nur va h. k.) taʼsir etadi. Peptizatsiya murakkab jarayon boʻlib, uning mexanizmi dis-persion muhit va peptizatorning choʻkma sirtiga adsorblanishiga, solvat qavatlar hosil boʻlishiga, choʻkma bilan peptizator orasida bir qator oraliq mahsulotlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Bevosita va bilvosita Peptizatsiya boʻladi. Agar qoʻshilayotgan modda toʻgʻridan-toʻgʻri peptizator vazifasini oʻtasabevosita yoki adsorbsion Peptizatsiya, koʻshilayotgan modda choʻkma sirti bilan reaksiyaga kirishganida peptizator hosil boʻlsa, jarayon bilvosita yoki dissolyutsion Peptizatsiya deyiladi. Uzoq vaqt saqlangan choʻkmani P. Qilib boʻlmaydi. Peptizatsiyadan kolloid kimyoda va tex-nikada keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x