OʻRINBOYEV Jumek Asqarovich

OʻRINBOYEV Jumek Asqarovich (1906.15.5, Chimboy shahri 1973.23.12, Nukus) — pedagog olim, ped. fanlari d-ri (1967), prof. (1971). Oʻzbekiston (1967) va Qoraqalpogʻiston (1964) da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Oʻqituvchilar tayyorlaydigan kursni tugatib (1924), qishloq maktabida oʻqituvchi, Chimboy shahridagi internat maktab, maktab direktori (1924—35). Moskvadagi oʻquvped. nashriyotida qoraqalpoq tilida darsliklar tayyorlash boʻyicha muharrir (1937— 41), Qoraqalpogʻiston ped. institutida ped. va boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri (1942—73), ayni paytda Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali ochilgach (1967), uning birinchi direktori hamda ped. nazariyasi va tarixi boʻlimi mudiri (1967—69). Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonda xalq taʼlimi, maktab va ped. tarixiga bagʻishlangan. Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tekshirish institutining Qoraqalpogʻiston filiali uning nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x