FALYA

FALYA Manuelde (1876.23.11, Kadis, Ispaniya — 1946.14.11, AltaGrasiya, Argentina) — ispan kompozitori, pianinochi, dirijyor. 20-a. musika namoyandasi. Madrid konservatoriyasida taʼlim olgan (1896—98). Milliy musiqa jamiyati ga (1914), Milliy musiqa (kante xondo) festivaliga (F. Garsiya Lorka bilan birgalikda, 1912) asos solgan. 1907—14 y. lar Parijda, 1939-y. dan Argentinada yashagan. Falya ijodi ispan kompozitorlik sanʼati choʻqqisidir. Ijodida milliy musika anʼanalari (kante xondo, menestrellar sanʼati, milliy romans, Servantes davridagi professional musiqa va b.) bilan 20-a. Yevropa musiqa yutuqlari uygʻunlashgan. Uslubi aniq mavzulari va bayonning qisqaligi, nozik did bilan saykallangan shakllar, orkestr boʻyoqlarining boyligi bilan ajralib turadi. «Qisqa umr» operasi (1905), «Sexrgar muhabbat» (1915) va «Treugolka» (1919) baletlari, vokal turkumlari («7 ta ispan xalq qoʻshigʻi», 1914 va b.), fortepiano («Betik fantaziyasi», 1919 va b.), gitaraDebyussi xotirasiga», 1920), turli ansambl va konsert asarlari mashhur. Fortepiano va orkestr uchun yozgan «Ispan bogʻlaridagi tunlar» syuitasi (1913) hamda b. asarlarida musiqiy impressionizm tamoyillari oʻz aksini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x