«PAXTASANOATILM» ILMIYISHLAB CHIQARISH MARKAZI — paxta tozalash sanoati tarmogʻida Markaziy Osiyoda yetakchi ilmiy-metodik markaz. 1998-y. da Markaziy paxta tozalash sanoati ilmiy tadqiqot in-ti (SNIIX prom., 1926-y.) negizida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.
Muassasa respublika paxta tozalash sanoatida texnika taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturini ishlab chiqadi, paxta tozalash sanoati sohasidagi i. t. va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvo-fiqlashtiradi, paxtani qayta ishlash boʻyicha i. t. lar olib boradi, yangi agregatlar, jahon standartlari talablariga javob beradigan sifatli tola i. ch. ni taʼminlaydigan mashinalar va uskunalar tayyorlaydi hamda ularni ta-komillashtiradi, tarmoqning iqtisodiy-texnikaviy, meʼyoriy va b. ilmiy-texnik qujjatlarini tayyorlaydi. Uning tarkibida 7 ta ilmiy lab. (paxta xom ashyosini quritish va tozalash; aerodinamika, changsizlantirish va avtomatlashtirish; linterlash va joʻvali jinlash; urugʻlik chigit tayyorlash; paxta xom ashyosi muammolari; paxta tozalash sanoati iktisodiyoti), 2 ta boʻlim (standartlashtirish va metrologiya; il-miytexnik va patent axboroti), yangi texnika va texnologiyalarni paxta tozalash korxonalarida joriy etish boʻyicha boshkarma, shuningdek, takomillashtirilgan texnologik jarayonlarni xamda yaratilgan yangi uskunalarni sinovdan oʻtkazish va joriy qilishga moʻljallangan 5 ta (Bektemir, Angor, Bagʻdod, Qoʻshkoʻpir, Asaka-2) tajriba-eksperimental paxta tozalash korxonalari hamda eksperimental-mexanika «RIM ustaxonasi» korxonasi mavjud.
1991—2002-y. larda yuqori samarali paxtani quritish qurilmalari, paxta tozalash agregatlari, arrali jinlar, tola tozalagichlar, urugʻlik chigit tayyorlash uskunalari, changsizlantirish qurilmalari va b. muhim ixtirolar amalga oshirildi.
Markaz faoliyati KM. Nuraliyev, N. B. Sorkin, P. V. Baydyuk, X. A. Karimov, S. N. Nusratov, O. A. Akramov, E. T. Maksudov, I. K. Hafizov, P. M. Kattaxoʻjayev, A. G. Shaydullin, V. Ye. Ustyugin, U. X. Azizxoʻjayev, M. T. Hojiyev, S. A. Saidahmedov, A. K. Kalimulin, SU. Saidxonov va b. olimlar, muxandislar, konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.
Markazda 2 jildli «Paxtani dastlabki ishlash boʻyicha bildirgich» (1994), «Paxtani dastlabki qayta ishlash» oʻquv qoʻllanmasi (1999—2002; rus va uzbek tillarida) nashr etildi. Markaz huzurida ilmiy Kengash va «Paxta» texnik qoʻmitasi ishlaydi.
Vohid Rakite.