BOLANI SUTDAN QANDAY CHIQARISH MUMKIN❓

BOLANI SUTDAN QANDAY CHIQARISH MUMKIN❓
Bolani ko’krakdan chiqarish imkon qadar osonroq kechishi uchun asta-sekin uni sutkasiga 1-2 marta, faqat ertalab va kechqurun emizish tartibiga o’tish, ya’ni bola kun davomida emishni talab qilmasligiga erishish kerak. Bu holda bola bir necha kecha boshqa oila a’zosi bilan, onasidan alohida ravishda uxlashi kifoya. Ushbu uslubning afzalliklari:
✔️Bola ona suti hidini sezmaydi;
✔️Otasi yoki buvisi uni tinchitib, ovutib, unga suv yoki kompot berishi mumkin;
✔️Ona bolani sutdan chiqarish yoki uni ko’krakka qo’yish tanlovi orasida arosatda qolmaydi.
Agar chaqaloq har bir ovqatlanishdan so’ng onasining sutini emishga o’rganib qolgan bo’lsa, unda emizishni keskin to’xtatish bolaga salbiy ta’sir ko’rsatishi va hatto isteriyaga olib kelishi ham mumkin. Bu holda sutdan ajratish usuli boshqacha bo’ladi. Bir muncha vaqt davomida oldin bolani kunduzi emizishdan ayirish, uning e’tiborini mazali sharbat, kompot, toza suv bilan chalg’itish kerak, shundan so’nggina bolani kechki emizishdan chiqarish ham mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, boshqa tavsiyalar ham mavjud:
✔️Emizish odatini o’zgartiring: bola uchun odatiy bo’lmagan sharoitlarda emizing, masalan o’ng tomonga yonboshlab emas, chap tomonga yonboshlab emizish;
✔️Emizish vaqtlariga o’zgartirish kiriting;
✔️Boshqa atir-upalardan foydalaning, bola o’rgangan hidlarni sezmasa, begonasirab, kamroq ema boshlaydi.
✅ Muqaddas kitobimiz Qurʼoni Karimda (Baqara surasi, 233-oyat) bolani ikki yoshgacha emizish kerakligi keltirilgan.😊
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x