MILLIY GʻOYA

MILLIY GʻOYA — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Mac, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada «Qarshilik koʻrsatish» gʻoyasi Milliy gʻoya darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning Milliy gʻoya sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vakt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday Milliy gʻoyada umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Mac, «Milliy yarash» gʻoyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega boʻlsa, «Manfaatli hamkorlik» gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa Milliy gʻoya orqali erishiladi. Milliy gʻoya muayyan darajada insoniyat takdiriga taʼsir qiladi. Milliy gʻoyaning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. Milliy gʻoya vositasida el-yurt birla-shadi, oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi.

Gulnora Ibrohimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x