ASOSIY OʻGʻIT

ASOSIY OʻGʻIT — ekinlar ekilishidan oldin tuproqqa solinadigan oʻgʻit. Asosiy deb atalishining sababi shuki, uning tarkibida ayni uchastkaga moʻljallangan oziq moddalarning koʻp qismi boʻladi. Asosiy oʻgʻit butun vegetatsiya davrida oʻsimlikning oziqlanishini taʼminlaydi. Asosiy oʻgʻitni tuproq-iqlim sharoiti, oʻgʻitlarning xususiyati, xoʻjalikda mavjudligi va b. ga qarab kuzda yoki bahorda solish mumkin. Odatda fosforli oʻgʻitlar umumiy miqdorining yarmidan … Читать далее

ASMOʼ un-NAGʻAM

ASMOʼ un-NAGʻAM (arab. — tovush (nagʻma) larning otlari), Asomiy nagʻamot — 10 —12-a. larda Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasida jamʼ-ut-tom (q. Jam)ni tashkil etuvchi jinslar va tovushlarning maxsus atamalari. A.-n. jins va tovushlarga nisbatan qoʻllanilgan yunoncha atamalarning arabchaga soʻzma-soʻz tarjimasi boʻlib, baʼzi sharq qoʻlyozma manbalari (mas, Forobiyning «Kitob ul-musiqo al-kabir» — «Musiqa haqida katta … Читать далее

ASKARIY MIRZO

ASKARIY MIRZO (1512-1558) — Mevat va Qandahor hokimi (1530—51). Boburiylardan. Boburning uchinchi oʻgʻli. Komron Mirzo qutquvi bilan boburiylar hukmdori Humoyunga qarshi bir necha marta isyon koʻtargan va nihoyat Kobul yaqinida boʻlgan jang (1551) da asir olinib, oʻzining talabiga koʻra hajga joʻnatilgan. 1558-y. yoʻlda olamdan oʻtib, Makkadagi qabristonga dafn etilgan.

ASINXRON GENERATOR

ASINXRON GENERATOR — generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator harakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yunalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorning sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok … Читать далее

ASBOBSOZLIK POʻLATI

ASBOBSOZLIK POʻLATI — turli asboblar, keskichlar, sovuqlayin va qizdirib deformatsiyalash shtamplari, oʻlchash asboblari va b. yasash uchun ishlatiladigan poʻlat. Tarkibida, odatda, 0,6 dan 1,4% gacha uglerod boʻladi. Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (kup legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik b-n ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 — 300° gacha qiziydigan kesuvchi … Читать далее

ASAMA

ASAMA — Yaponiyaning Xonsyu o. dagi soʻnmagan vulkan. Dzyosinʼesu-Kogen milliy parki hududida joylashgan. Mutlaq bal. 2542 m. Tez-tez kul otilib turadi. 1783-y. dagi otilishida katta halokat keltirgan. Oxirgi marta 1958-y. da otilgan.

ASALARI BOʻRISI

ASALARI BOʻRISI, filant (Philanthus triangulum) — kovlovchi arilar (sphecidae) oilasiga mansub xasharot. Uz. 17 mm gacha, yerdagi kovaklarga, koʻpincha uncha katta boʻlmagan jarliklarga uya quradi. Urgʻochisi oʻz naslini falajlangan arilar bilan boqadi yoki ular yiqqan nektardan foydalanadi. Filantlarning boshqa turlari yakka yashovchi arilarni ovlaydi. Asalari boʻrisi asalarichilikka katta ziyon keltiradi. Kurash chorasi asalarilar bo-qiladigan joylar … Читать далее

ARQON

ARQON — tolalardan eshib toʻqiladigan, yoʻgʻonligiga qaraganda uzunligi ancha katta boʻlgan toʻqimachilik buyumi; argʻamchi. Zigʻir tolasi, kanop, nasha poyasi tolalari, ip, jun va sunʼiy tolalardan toʻqiladi. Shunga yarasha qil Arqon, jun Arqon deb yuritiladi. Bir oʻrimli, ikki oʻrimli va uch oʻrimli Arqonlar boʻladi. Kundalik hayotda juda asqotganidan Arqon qadimdan ishlatib kelingan. Arqon uy-roʻzgʻor ishlarida, bugʻuchilik, … Читать далее

ARCHA KOʻMIR

ARCHA KOʻMIR — archa daraxtidan tayyorlangan yoqilgʻi. Bunda archa gʻoʻlalar koʻralarga solib kuydiriladi. U choʻgʻ holiga kelganda koʻra ogʻzi somonli loy bilan suvalib, 10—15 kun shu holda saqlanadi (q. Lista kumir). Archa koʻmirdan asosan hunarmandchilikda temirchilar, miskarlar, zargarlar turli xil asboblar yasashda foydalanadilar.