ASOSIY OʻGʻIT

ASOSIY OʻGʻIT — ekinlar ekilishidan oldin tuproqqa solinadigan oʻgʻit. Asosiy deb atalishining sababi shuki, uning tarkibida ayni uchastkaga moʻljallangan oziq moddalarning koʻp qismi boʻladi. Asosiy oʻgʻit butun vegetatsiya davrida oʻsimlikning oziqlanishini taʼminlaydi. Asosiy oʻgʻitni tuproq-iqlim sharoiti, oʻgʻitlarning xususiyati, xoʻjalikda mavjudligi va b. ga qarab kuzda yoki bahorda solish mumkin. Odatda fosforli oʻgʻitlar umumiy miqdorining yarmidan koʻpi yoki 65 — 75%, kaliyli oʻgʻitlarning 50% va organik oʻgʻitlarning deyarli hammasi Asosiy oʻgʻit sifatida solinadi. Shudgorlashdan oldin faqat superfosfatna emas, ammofosni ham solish mumkin. Shoʻr yerlarga oʻgʻitlar yer shoʻri yuvilganidan keyin solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x