AXALTAKA OT ZOTI

AXALTAKA OT ZOTI — salt miniladigan qad. ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Jan. Turkmanistondagi Axaltaka voxasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 min. 05 sek. da bosib oʻtadi). Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, … Читать далее

AFTALAR

AFTALAR (yun. aptha — yara) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kasalligi. Bunda koʻpincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yalligʻlangan yarachalar paydo boʻladi. Ular ogʻrib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, koʻz va jinsiy aʼzolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar baʼzan isitma, limfa bezlarining shishib ogʻrishi bilan oʻtadigan mustaqil kasallik … Читать далее

AFRIKA-OSIYO GʻOʻZASI

AFRIKA-OSIYO GʻOʻZASI, oʻt gʻoʻza (Gossypium herbaceum L.) — madaniy gʻoʻza turi. Birinchi marta K. Linney taʼriflab bergan (1753). Qadimdan va oʻrta asrlarda A.-o. gʻ. Gʻarbiy Afrikaning Atlantika okeani sohillaridan Xitoyning shim. viloyatlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistonda 19-a. oxirigacha asosan A.o. gʻ. populyatsiyalari ekilgan. A.-o. F. oʻrtacha buta, tuklar bilan qoplangan (goho tuksiz boʻladi). Oʻsuv shoxlari uzun; hosil … Читать далее

AFALINA

AFALINA, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi delfinlar oilasining bir turi. Uz. 3,9 m, ogʻirligi 280 kg gacha,xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Moʻtadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va Uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi yoki kichik tuda boʻlib koʻchib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va b. suv hayvonlari bilan … Читать далее

AUTOALLERGIYA

AUTOALLERGIYA — organizm reaktivligining oʻzgargan holati. Bunda organizm oʻzining toʻqima komponentlari tarkibiy qismlaridan birortasiga ortiqcha sezuvchanlik bilan javob beradi. Autoallergiyada sezuvchanligi ortgan limfotsitlar va autoantitelolar oʻz autoantigenlari b-n qayta reaksiyaga kirishadi.

AUKSANOMETR

AUKSANOMETR (yun. auxsan – oʻsaman va metreo) — oʻsimliklarning boʻyiga oʻsishini oʻlchaydigan asbob. Tuzilishiga koʻra bir necha xilga boʻlinadi. Eng oddiy Auksanometr darajalarga boʻlingan yoy boʻyicha harakatlanuvchi uzun, yengil mil mahkamlangan gorizontal oʻq va yukchali ip oʻtkazilgan gʻildirakdan iborat.

ATTIKA

ATTIKA — qad. Oʻrta Yunonistonning jan.-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga koʻra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir boʻlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga choʻzilgan. Mil. av. 6-a. ga kelib Afina Attikada mutlaq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hoz. Gretsiyada Attika shu nomdagi maʼmuriy-hududiy birlik — nom (markazi — Afina).

ATON

ATON («Quyosh gardishi») — qad. Misr afsonasidagi quyosh xudosi. Quyosh gardishi koʻrinishida tasvirlangan. Amenxotep IV podsholigi davrida (mil. av. 1419 — taxm. 1400) A. Misrning yagona xudosi deb eʼlon qilinib, boshqa xudolarga sigʻinish man etilgan.

ATOM REAKTORI

ATOM REAKTORI (yadro reaktori, atom qozoni) — atom yadrosining boshqariladigan zanjir reaksiyasini amalga oshirish uchun moʻljallangan qurilma. Atom reaktori sanoat energiyasi i. ch., fizik tadqiqotlarda ishlatiladigan neytronlar oqimini hosil qilish, sunʼiy radioaktiv izotoplar hamda atom elektr st-yalarida elektr-energiyasi olishda ishlatiladi. Reaksiyadagi neytronlarning tezligiga qarab, Atom reaktori suct va tez neytronli boʻladi. Suct neytronli reaktorlarda yoqilgʻi … Читать далее

ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA

ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA — amaliy astrofizikaning zamonaviy boʻlimi; asosan Yer atmosferasi taʼsiri tufayli uning sirtidan kuzatish qiyin boʻlgan toʻlqin uzunlik (X) diapazonlarida tadqiqot olib borish maqsadida kosmosga chiqariladigan maxsus teleskop va ilmiy asboblarni yaratish hamda kuzatuv natijalarini taxlil qilish bilan shugʻullanadi. Xususan, atmosferadagi kislorod va suv butlari X q 1 sm gacha boʻlgan radionurlarning yutilishi, … Читать далее