AFRIKA-OSIYO GʻOʻZASI

AFRIKA-OSIYO GʻOʻZASI, oʻt gʻoʻza (Gossypium herbaceum L.) — madaniy gʻoʻza turi. Birinchi marta K. Linney taʼriflab bergan (1753). Qadimdan va oʻrta asrlarda A.-o. gʻ. Gʻarbiy Afrikaning Atlantika okeani sohillaridan Xitoyning shim. viloyatlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistonda 19-a. oxirigacha asosan A.o. gʻ. populyatsiyalari ekilgan. A.-o. F. oʻrtacha buta, tuklar bilan qoplangan (goho tuksiz boʻladi). Oʻsuv shoxlari uzun; hosil shoxlari 4—5 boʻgʻimli. Barglari oʻrtacha kattalikda, och yashildan qizgʻishgacha, 3—7 boʻlakli. Gullari oʻrtacha kattalikda, gulbarglari sariq. Koʻsaklari 3—4 chanoqdi. Tolasi kalta, dagʻal, oq yoki qoʻngʻir, tolasining uz. 15 mm dan 25 mm gacha. Oʻsish sharoiti turlicha boʻlishi tufayli A.o. gʻ. keng polimorfizmga ega. A.-o. gʻ. ning barcha formalari F. M. Mauyer sistemasi boʻyicha toʻrtta evolyutsion guruhga boʻlinadi: qad. yovvoyi xillar; koʻp yillik ruderal va madaniy xillar; juda madaniylashgan, nisbatan tezpishar tropik xillar; tezpishar, hosil shoxli subtropik xillar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x