AFALINA

AFALINA, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi delfinlar oilasining bir turi. Uz. 3,9 m, ogʻirligi 280 kg gacha,xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Moʻtadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va Uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi yoki kichik tuda boʻlib koʻchib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va b. suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 11 oy, tugʻilgan bolasining uz. 1—1,2 m, ogʻirligi 14—16 kg, 5—6 oy emizadi. Afalina okeanariumlarda boqiladi, qoʻlga tez oʻrganadi, tutqinlikda ham koʻpayaveradi. Uni turli harakatlarni bajarishga oson oʻrgatish mumkin. Gavay okeanariumida Afalina bilan taroqtishli delfin (Steno bredanensis) chatishtirilib urugʻlararo gibrid olingan. Yaponiya delfinariyalarida Afalinaning kulrang delfin va kasatkalar bilan gibridlari olingan. Qora dengiz A. si muhofaza qilinadi, uni ovlash 1966-y. dan boshlab man etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x