AFTALAR

AFTALAR (yun. aptha — yara) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kasalligi. Bunda koʻpincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yalligʻlangan yarachalar paydo boʻladi. Ular ogʻrib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, koʻz va jinsiy aʼzolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar baʼzan isitma, limfa bezlarining shishib ogʻrishi bilan oʻtadigan mustaqil kasallik yoki chillashir kabi meʼda-ichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. Aftalarning kelib chiqishi, kechishi va b. xususiyatlarga koʻra bir necha turlari farq qilinadi. Stomatit A. ning qayta-qayta qoʻzgʻaydigan alohida turidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x