ASFALT-BETON YOTQIZISH MASHINASI

ASFALT-BETON YOTQIZISH MASHINASI — asfalt-beton, bitum va mineral aralashmasini bir tekis yoyib, zaminga yotqizadigan kurilma. Ish unumdorligi boʻyicha oʻta ogʻir (300 t/ soatdan ortiq), ogʻir (150—300 t/soat), oʻrtacha (75—150 t/soat) va yengil (25 t/ soat gacha) turlarga, yurish qismining turi boʻyicha gusenitsali, gʻildirakli va aralash xillarga boʻlinadi. Oʻzi agʻdaradigan avtomashinadan kurilma bunkeriga tashlangan aralashma kurakli … Читать далее

ASTRONOMIYA-GEODEZIYA TARMOGʻI

ASTRONOMIYA-GEODEZIYA TARMOGʻI — bir-biridan taxm. 70— 100 km uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining oʻzaro bogʻlangan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik oʻlchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geografik kenglamasi, uzunlamasi va azimutini geodeziya usullarida oʻlchanadi, soʻngra Yerni aylanma ellipsoid deb faraz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan maʼlumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi … Читать далее

ASTROKOMPARATOR

ASTROKOMPARATOR (ostro… va lot. sotrago — taqqoslayman) — kosmik jismlarning ikki fotosuratini yoki spektrogrammasini oʻzaro solishtiradigan oʻlchash asbobi. Astrokomparator ikki xil boʻladi: blink komparator va stereo komparator. Astrokomparator xususiy harakatlari katta yoki Quyosh tizimiga yaqin yulduzlarni topishda, asteroidlar va oʻzgaruvchan yulduzlarni qidirishda keng qoʻllaniladi.

ASTRAXANIT

ASTRAXANIT (Astraxon sh. nomidan) — mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Qattiqligi 2—3. S. ogʻ. 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga oʻxshash yaltiroq. 45—60° t-rada tuzli eritmalarda hosil boʻladi. Koʻpincha koʻllarda uchraydi, taʼmi shoʻr-taxir. Markaziy Osiyoda A. Qora-boʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, Quvli, Dengizkoʻl va … Читать далее

ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna

ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna (1932.28.11, Moskva) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston FA akad. (2000). Tibbiyot fanlari d-ri (1968), prof. (1970), ToshTIni bitirgan (1956). ToshTI Markaziy i. t. laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituti patomorfologiya va gistoximiya lab. mudiri (1963-69), ToshTI (1969 – 90), 1990-y. dan … Читать далее

ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich

ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich (1930.13.7, Namangan viloyati Pop tumani) — biolog-botanik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1980). Oʻrta Osiyo un-tining biol.-tuproqshunoslik f-tini tugatgan (1952). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi (hoz. Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi) in-tida ilmiy xodim (1957 —67), lab. mudiri (1967-y. dan), direktor (1971-82 va 1985 – 89). … Читать далее

ABDULLA BULBUL

ABDULLA BULBUL Iso Hofiz oʻgʻli (? — 1916, Toshkent) — oʻzbek sozanda va xonandasi. Gʻijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholgu asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida «Bulbul» laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli «Sozanda hofiz» nomi b-n ham tanilgan. Abdulla Bulbul zamonasining ilgor fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat gʻazallarini xalq orasida kuylagan. … Читать далее

ABDULAZIZXON MADRASASI

ABDULAZIZXON MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblning jan. tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-y. da qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qershisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsidovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman Madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat b-kishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar b-n ziynatlangan. … Читать далее

ABDIROV Charjau Abdirovich

ABDIROV Charjau Abdirovich (1933.20.12, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak shaharchasi — 1997.3.7, Nukus) — mikrobiolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1989), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1979). Tibbiyot fanlari d-ri (1973). Toshkent tibbiyot in-tini bitirgach (1955), shu in-t mikrobiologiya kafedrasining assistenti (1958 — 61), Oʻzbekiston Respublikasi FA Qoraqalpogʻiston filialida katta ilmiy xodim (1961—69), Oʻzbekiston Teri-tanosil kasalliklari i. t. … Читать далее