ABBE

ABBE (Avve) Ernst (1840. 23. 1-1905. 14. 1) — nemis fizigi va astronomi. Yena untida nazariy fizika prof. (1870-y. dan), Yena rasadxonasi direktori (1877—90). Mikroskoplar nazariyasini yaratdi, har xil optika asboblarini ixtiro qildi, optika-mexanika korxonalaridagi koʻp operatsiyalar texnologiyasini ishlab chiqdi.

ABADIY HAQIQAT

ABADIY HAQIQAT — bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib boʻlmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan Abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga oʻxshashdir. Inson bilish jarayonida koʻpincha nisbiy haqiqatlar b-n ish koʻradi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning boʻlaklari mavjud boʻladi (yana q. Haqiqat). Diniy qarash boʻyicha, diniy arkonlar Abadiy haqiqat dir. Chunonchi, islomga koʻra, unda eʼtirof etilgan aqidalar … Читать далее

AHOLI XARITALARI

AHOLI XARITALARI — aholining joylanishi va aholini joylashtirish, uning tarkibi va qayta tiklanishi, aholini koʻchirish va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarni koʻrsatadigan xaritalar. Aholi xaritalari hududni iqtisodiy geografik baholash, xalq xoʻjaligini rejalashtirish, ijtimoiy xizmat va madaniy qurilish masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi xaritalari – ni tuzishda har xil xaritagrafik usullardan: belgilar, xaritadiagramma, xaritagramma, chiziqli belgilar … Читать далее

AHMEDOV Gʻulom Ahmedovich

AHMEDOV Gʻulom Ahmedovich (1916.11.8, Turkiston sh., Qozogʻiston) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari d-ri (1973), prof (1986). 1937 — 41 y. larda Toshkent yuridik in-ti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida taʼlim olgan. Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-ti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959 — 96), 1997-y. dan — ilmiy xodim. Ilmiy … Читать далее

AHMEDOV Berdiyor Ahmedovich

AHMEDOV Berdiyor Ahmedovich (19P.8.3, Sirdaryo viloyati) — huquqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1971), 3-toifa davlat adliya maslahatchisi (general). Toshkent yuridik in-tini bitirgan (1939), Samarqand viloyati prokurorining 1-oʻrinbosari (1939), Namangan viloyati prokurori (1941 — 43). Respublika prokurorining oʻrinbosari (1943 — 51). Toshkent davlat un-ti yuridik f-tida oʻqituvchi, dekan, jinoyat huquqi … Читать далее

AHLI HAQ

AHLI HAQ (fors, arab. — «haqiqat kishilari») — Eron va unga qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar Ahli haq tarafdorlarini «aliilohiylar» deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a. da vujudga kelgan. Gʻarbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning jan. ga yoyilgan. Ahli haq Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad … Читать далее

AQOR

AQOR (arab. — koʻchmas mulk, yer-suv, zamin) — Temuriylar zamonida yer-suv, bogʻ, tegirmon, kanal, doʻkon, ustaxona va bozorlar kabi koʻchmas mulklar. Aqor vasiyat bilan vaqfga aylantirilishi mumkik boʻlgan. Zarafshon vodiysidagi Aqor, Oqar, Agʻar kabi joy nomlari Aqor atamasidan kelib chiqqan.

AYUPOV Shavkat Abdullayevich

AYUPOV Shavkat Abdullayevich (1952.14.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1983), prof. (1985). A. T. Lyulovning oʻgʻli. Toshkent davlat un-tining matematika f-tini tugatgan (1974). ToshDU da oʻqituvchi (1977-79) va Oʻzbekiston FA Matematika in-tida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-y. dan), direktor oʻrinbosari (1986 — 92), direktor … Читать далее

AEROSTATIKA

AEROSTATIKA — aeromexanikannng gazlar (ayniqsa, havo)ning muvozanat shartlarini va ularga botirilgan qattiq jismlarga taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrostatikaning baʼzi qonunlari Aerostatika uchun ham umumiydir. Suyuqliklardan farqli ravishda gazlar oʻz-oʻzidan cheksiz kengayish va tashqi bosim ostida siqilish xususiyatiga ega. Yer sirtidan yuqorilashgan sari havo zichligi kamaya boradi. Yer sirtida havo zichligi eng koʻp boʻladi. Havo va gaz … Читать далее