ABDULAZIZXON MADRASASI

ABDULAZIZXON MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblning jan. tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-y. da qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qershisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsidovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman Madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat b-kishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar b-n ziynatlangan. Islimiy naqshlar katorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, jan. ayvon peshtoqi turlituman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zar-hal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzaralari va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang boʻyoqlar bilan chizilgan. Asosiy oʻlchami: atrof aylanasi 50×67 m, hovli — 28×35 m. Madrasa 17 – a. Buxoro mahobatli meʼmorligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juzʼiy taʼmirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov taʼmirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyoxlar uchun millim musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shim.-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x