ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna

ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna (1932.28.11, Moskva) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston FA akad. (2000). Tibbiyot fanlari d-ri (1968), prof. (1970), ToshTIni bitirgan (1956). ToshTI Markaziy i. t. laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituti patomorfologiya va gistoximiya lab. mudiri (1963-69), ToshTI (1969 – 90), 1990-y. dan 2-ToshTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxoʻjayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bagʻishlangan, Oʻzbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yoʻnalish — transplantatsiyey immunopatologiya asoschisi. Oʻzbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x