ASTROKOMPARATOR

ASTROKOMPARATOR (ostro… va lot. sotrago — taqqoslayman) — kosmik jismlarning ikki fotosuratini yoki spektrogrammasini oʻzaro solishtiradigan oʻlchash asbobi. Astrokomparator ikki xil boʻladi: blink komparator va stereo komparator. Astrokomparator xususiy harakatlari katta yoki Quyosh tizimiga yaqin yulduzlarni topishda, asteroidlar va oʻzgaruvchan yulduzlarni qidirishda keng qoʻllaniladi.

ASTRAXANIT

ASTRAXANIT (Astraxon sh. nomidan) — mineral, natriy bilan magniyning suvli sulfati. Qattiqligi 2—3. S. ogʻ. 2,3. Monoklin singoniyali. Kam uchraydigan kristallari ustunsimon yoki izotermik shaklda. Odatda zich massa holida uchraydi. Rangsiz yoki oqish. Shishaga oʻxshash yaltiroq. 45—60° t-rada tuzli eritmalarda hosil boʻladi. Koʻpincha koʻllarda uchraydi, taʼmi shoʻr-taxir. Markaziy Osiyoda A. Qora-boʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi, Quvli, Dengizkoʻl va … Читать далее

ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna

ABDULLAXOʻJAYEVA Malika Samadovna (1932.28.11, Moskva) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Oʻzbekiston FA akad. (2000). Tibbiyot fanlari d-ri (1968), prof. (1970), ToshTIni bitirgan (1956). ToshTI Markaziy i. t. laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), Oʻzbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituti patomorfologiya va gistoximiya lab. mudiri (1963-69), ToshTI (1969 – 90), 1990-y. dan … Читать далее

ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich

ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich (1930.13.7, Namangan viloyati Pop tumani) — biolog-botanik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, prof. (1980). Oʻrta Osiyo un-tining biol.-tuproqshunoslik f-tini tugatgan (1952). Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi (hoz. Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi) in-tida ilmiy xodim (1957 —67), lab. mudiri (1967-y. dan), direktor (1971-82 va 1985 – 89). … Читать далее

ABDULLA BULBUL

ABDULLA BULBUL Iso Hofiz oʻgʻli (? — 1916, Toshkent) — oʻzbek sozanda va xonandasi. Gʻijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholgu asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida «Bulbul» laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli «Sozanda hofiz» nomi b-n ham tanilgan. Abdulla Bulbul zamonasining ilgor fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat gʻazallarini xalq orasida kuylagan. … Читать далее

ABDULAZIZXON MADRASASI

ABDULAZIZXON MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblning jan. tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-y. da qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qershisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsidovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman Madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat b-kishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar b-n ziynatlangan. … Читать далее

ABDIROV Charjau Abdirovich

ABDIROV Charjau Abdirovich (1933.20.12, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak shaharchasi — 1997.3.7, Nukus) — mikrobiolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1989), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1979). Tibbiyot fanlari d-ri (1973). Toshkent tibbiyot in-tini bitirgach (1955), shu in-t mikrobiologiya kafedrasining assistenti (1958 — 61), Oʻzbekiston Respublikasi FA Qoraqalpogʻiston filialida katta ilmiy xodim (1961—69), Oʻzbekiston Teri-tanosil kasalliklari i. t. … Читать далее

ABBE

ABBE (Avve) Ernst (1840. 23. 1-1905. 14. 1) — nemis fizigi va astronomi. Yena untida nazariy fizika prof. (1870-y. dan), Yena rasadxonasi direktori (1877—90). Mikroskoplar nazariyasini yaratdi, har xil optika asboblarini ixtiro qildi, optika-mexanika korxonalaridagi koʻp operatsiyalar texnologiyasini ishlab chiqdi.

ABADIY HAQIQAT

ABADIY HAQIQAT — bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib boʻlmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan Abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga oʻxshashdir. Inson bilish jarayonida koʻpincha nisbiy haqiqatlar b-n ish koʻradi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning boʻlaklari mavjud boʻladi (yana q. Haqiqat). Diniy qarash boʻyicha, diniy arkonlar Abadiy haqiqat dir. Chunonchi, islomga koʻra, unda eʼtirof etilgan aqidalar … Читать далее