ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich

ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich (1938.01.01, Toshkent) — tilshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995). Filol. fanlari d-ri (1975), prof. (1978). Toshkent davlat chet tillar pedagogika intini tamomlagan (1961). Shu in-t ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri (1968-81; 1983-91), Kobul unversitetida maslahatchi-prof. (1981—83), Toshkent davlat un-ti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991-y. dan). Ingliz va oʻzbek tillari … Читать далее

ABBOSIYLAR

ABBOSIYLAR — arab xalifalari sulolasi (750—1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimi-yat tepasiga kelgan. Dastlabki poytax-ti — Kufa sh. «Saffoh» («Xunrez») laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754—775) Bagʻdod sh. ga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchiradi. Abbosiylar hukmronligining … Читать далее

ABAY DASHTI

ABAY DASHTI — Oltoydagi tektonik soylik. Shim. dan Terekti tizmasi va jan. dan Xolzun tizmasi bilan oʻralgan; bu dashtdan Koksa va Abay daryolari oqib oʻtadi (Katun daryosi havzasi). Uz. 25 km. Dengiz sathidan bal. 1100 m. Tuprogʻi qoratuproq. Bir qismi ekinzor, asosan yaylov.

A

A — oʻzbek kirill alifbosining birinchi harfi. Unli, til oldi, lablanmagan tovushni ifoda etadi (mas, archa, barcha). 1929—39 y. larda amalda bulgan oʻzbek lotin alifbosi va 1995-y. da qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosida birinchi harf ham ayni shunday. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda A harfi oʻziga … Читать далее

AHMETOV

AHMETOV Sirojiddin (1928.12.9, Chimboy tumani — 1996.4.6, Nukus sh.) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filol. fanlari d-ri (1966), prof. (1970). Nukus davlat pedagogika in-tini tugatgan (1947). Shu in-tda Ukituvchi, kafedra mudiri, dekan (1948—50, 1954-76), Qorakalpogʻiston davlat untida dekan (1976—81), kafedra mudiri (1981 ydan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot … Читать далее

AHMADIY ABDURAIM

AHMADIY ABDURAIM (1927.20.12, Qashqar sh.) — uygʻur xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Urumchi sh. Uygʻur musiqali drama teatri (1946 — 47), Gʻulja sh. teatri (1947 —49), Chuchak sh. teatri (1950 — 61), Urumchidagi Sinszyan-uygʻur muxtor r-n filarmoniyasi (1950 — 61), Olmaota sh. dagi Uygʻur teatri (1961 — 71), Oʻzbekiston radiosi qoshidagi Uygʻur ansambli (1971 — … Читать далее

AHMAD JALOYIR

AHMAD JALOYIR ibn Sulton Uvays (? — 1410) — Jaloyiriylar sultoni (1382—1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Basra noibi boʻlgan (1375-y. dan). 1382-y. isyon koʻtarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini qatl etishga farmon bergan; biroq qolgan akalari bilan boʻlgan shiddatli kurashlardan soʻnggina davlatning oliy hukmdori deb tan olingan (1384-y. dan). Hukmronligining dastlabki yillari (1386—87) da Tabrizni … Читать далее

AQSH MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI

AQSH MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI — 1876-y. da Shim. Amerikadagi Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik urushi davom etayotgan paytda qabul qilingan hujjat. Unda Shim. Amerikaning Angliya qoʻl ostidan ajralib chiqqanligi va yangi, mustaqil AQSH davlati tashkil topganligi eʼlon qilindi. Loyihasini milliy ozodlik xarakati ar-boblaridan Tomas Jefferson tayyorlagan. Ushbu Deklaratsiyada xalqlarning mustaqilligi gʻoyasi, barcha kishilar qonun oldida teng hamda … Читать далее

AYAGʻUZ

AYAGʻUZ — Qozogʻiston Respublikasi Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1939-y. dan). Ayagʻuz daryosi boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 41,8 ming kishi (1999). Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari (goʻsht k-ti, jun gazlama toʻquv f-kasi) va transportga xizmat qiluvchi korxonalar (avtomobil tuzatish z-di, teplovoz va vagon depolari), temir-beton buyumlari z-di bor. A. 1931-y. da Turksib t. y. … Читать далее

AEROFAGIYA

AEROFAGIYA (aero… va yun. phagein — yutmoq) — havo yutish. Ovqat yutganda qisman havo yutish tabiiy hol. Lekin quruq havo yutishga odatlanish kasallikka sabab boʻladi. Odatda shoshib va gaplashib turib ovqat yeyish, baʼzan koʻp soʻlak ajralishi natijasida Aerofagiya roʻy beradi. Surunkali gastrit, kolit, meʼda yarasi va gipotoniyasi, koronar tomirlar kasalligi, aorta anevrizmasida ham paydo boʻlishi … Читать далее