AKVITANIYA

AKVITANIYA — Fransiyaning jan-gʻarbidagi tarixiy viloyat. Qadimda — Rim provinsiyasi. Oʻrta asrlarda — gersoglik, 1137-y. fransuz mulklariga qoʻshib olingan, 1154-y. ingliz qirollari mulki. 13 – a. dan Giyen deb atala boshlagan.

AKVALANG

AKVALANG (lot. aqua — suv va ing. lung — oʻpka) — odamning suv ostida bemalol nafas olib suzishiga hamda ishlashiga imkon beruvchi apparat. Fransuz sportchisi J. I. Kusto va muhandisi E. Ganyan ixtiro qilgan (1943). Akvalangdan foydalanuvchi kishi uni orqasiga tasma b-n osib oladi. Akvalangda ogʻizga tutiladigan moslama, «darcha»li maska yoki gidrokombinezon, suzgich, qoʻlga taqiladigan … Читать далее

AKANT

AKANT (frans. acanthe) — ayiqtovon oʻsimligining bargisimon qilib ishlangan meʼmoriy naqsh bezagi. Inshoot (devor, friz, shift, ustun boshasi va b.)ni bezashda qadimdan qoʻllanilgan. Akant tosh, yogʻoch, ganch va sopoldan ishlangan.

AYGʻIRKOʻL

AYGʻIRKOʻL — Hisor togʻidagi koʻl. Dengiz sathidan 2400 m balandlikda. Aygʻirkoʻlning yoz chillasida mayd. 100 ming m2 gacha kengayadi. Shu davrda chuq. 30 m dan ortadi. Togʻ muzliklarining erishidan vujudga kelgan. Koʻl suvi toza, atrofi xushmanzara. Koʻlda gulmohi (forel) baligʻi yashaydi.

AYSBERG

AYSBERG (ing. iceberg, gollandcha isberg, bu soʻz skandinaviyaliklar tiliga mansub) , muztogʻ — okean, dengiz va muzlikka yaqin koʻllarda suzib yuruvchi yoki sayozliklarga oʻtirib qoluvchi katta muz. Suvga tushib kelayotgan quruqlik muzliklari suvning gidrostatik bosimi, suv qalqishi, oqimlar, shamol taʼsirida sinib, Aysberg boʻlib qoladi. Aysberg asosan, Antarktika, Kanada Arktika arxipelagining shim. orollari, Grenlandiya qirgʻoqlarida vujudga … Читать далее

ABDULLOH ANSORIY MAQBARASI

ABDULLOH ANSORIY MAQBARASI — Hirot (Afgʻoniston) dagi meʼmoriy yodgorlik (1425—29) va mashhur ziyoratgoh. Hazira — maqbara atrofi 30 hujra — xilxona bilan oʻralgan, oldida baland peshtoq. Hujralar gumbaz tomli, ularda asosan, temuriylar avlodi — Hirot hukmdorlarining qabrlari boʻlib, oq, qora marmar qabrtoshlar oʻrnatilgan. Ansoriy qabri ustiga keyinchalik Bobur oq marmardan yodgorlik (bal. 7,5 m) oʻrnattirgan … Читать далее

ABDULLAYEVA Yayra Umarovna

ABDULLAYEVA Yayra Umarovna (1930.14.8, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1950). Ijodi G. Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlangan (1945). 1950-y. dan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, «Shohi soʻzana»), Guli (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Katerina (A. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Gulbahor (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Gulnor (Oybek, «Qutlugʻ qon»), … Читать далее

ABDULLAYEV Joʻra Abdullayevich

ABDULLAYEV Joʻra Abdullayevich (1927, Toshkent) — energetik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), texnika fanlari d-ri (1973), prof. (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻrta Osiyo politexnika intini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika in-tida katta ilmiy xodim (1959 – 60), Oʻzbekiston energetika va avtomatika i. t. institutida lab. mudiri (1960—76), Toshkent elektrotexnika aloqa … Читать далее

ABDULLA TOʻQAY

ABDULLA TOʻQAY (taxallusi; asl ismi Toʻqayev Gabdulla Muhammadgarifovich) (1886.14.4, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlogʻi (Archa tumani) — 1913.2.4, Qozon) — tatar shoiri, publitsist. 1902-y. dan sheʼrlar yoza boshlagan. 1905-y. harf teruvchi boʻlib ishlagan. «Fiker» (Fikr) gaz. va «Al-asr al-jadid» («Yangi asr») jur. ga sheʼr, felyeton va publitsistik maqolalar yozib turgan. Abdulla Toʻqay 1907-y. G. Kamolov bilan … Читать далее

ABDULJABBOR

ABDULJABBOR — Sherdor madrasaning (Samarqand, 1619—36 y. larda qurilgan) meʼmori. Abduljabborning imzosi ulkan peshtoq ichidagi ravoqning tepasiga «Ustod mulla Abduljabbor meʼmor» deb oq koshinlarda terilgan. Ulkan peshtoq qanotida quyosh-odam va ohuni quvib ketayotgan sher tasvirlangan. Bu koshinkor tasvir meʼmorning katta sanʼatkor ekanidan dalolat beradi.