ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich

ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich (1938.01.01, Toshkent) — tilshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995). Filol. fanlari d-ri (1975), prof. (1978). Toshkent davlat chet tillar pedagogika intini tamomlagan (1961). Shu in-t ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri (1968-81; 1983-91), Kobul unversitetida maslahatchi-prof. (1981—83), Toshkent davlat un-ti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991-y. dan). Ingliz va oʻzbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya, oliy oʻquv yurti uchun chet tillarini oʻqitish uslubiyotiga doir darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Asarlari rus, ingliz va dari tillarida nashr etilgan.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x