AERODINAMIKA

AERODINAMIKA (aero… va dinamika) — gidroaerodinamikaning havoning harakat qonunlarini va jismlar sirtida vujudga keladigan kuch qonuniyatlarini hamda jismlarning havoga nisbatan harakatini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri — uchish apparatlariga taʼsir etuvchi aerodinamik kuchlarni hisoblash usuli b-n ularning loyihasini ishlab chiqish. Aviatsiya rivojlanganligi tufayli Aerodinamika mustaqil fan sifatida 20-a. boshlarida vujudga keldi. Samolyot qanotining koʻtarish kuchini, … Читать далее

AERATSIYA

AERATSIYA (yun. aero..) – 1. Suv A. i — suvni havo kislorodi bilan toʻyintirish. Vodoprovod suvini tozalash inshootlarida suvdagi temir gidrooksidni, erkin karbonat angidridini, vodorod sulfidin chiqarib yuborish hamda suvning sifatini yaxshilash; oqova suvlarni biologi k tozalash inshootlarida (aerotenk, aerofiltr, biofiltrlarda) mikroorganizmlarning yashash sharoitlarini taʼminlash maqsadida Aeratsiya amalga oshiriladi. 2. Bino A. si — bino … Читать далее

ASHXOBOD ZILZILASI

ASHXOBOD ZILZILASI — 1948-y. 6 okt. mahalliy vaqt bilan kechasi soat I dan 12 min. oʻtganda boʻlgan kuchli zilzila. Zilzila epitsentri Ashxobod sh. dan jan.-gʻarbda, Qurugʻovdonda, 10 — 15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 km2 ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8° sh. k. … Читать далее

ASHRAFOVA

ASHRAFOVA Muqaddam (1919-Toshkent — 1999.22.5) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1967). 2-jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943—45). ToshMI II jarrohlik klinikasining ordinatori (1945—47), davolash f-ti fakultet jarrogʻligi kafedrasining assistenti (1947—58) va dotsenti (1958—66), 1966-y. dan stomatologiya f-ti umumiy jarrohlik kafedrasining mudiri. 1989-y. dan nafaqada. Ilmiy ishlari asosan … Читать далее

ASHEL MADANIYATI

ASHEL MADANIYATI — quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh choʻqmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, oʻtkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Fransiyaning Amyen sh. yak,inidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tu-zumining quyi bosqichida gʻorlarda, daryo boʻylaridagi pana yerlarda toʻdalashib … Читать далее

ACHCHISOY

ACHCHISOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtogʻning jan. yon bagʻrida 800 m balandlikdagi adirlardan boshlanib, jan. tomon oqadi. Bahorda Shovot kanaliga quyiladi. Uz. 18 km. Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Achchisoy qish va bahor fasllarida sersuv boʻlib, yoz va kuzda deyarli qurib qoladi.

ATSIDOZ

ATSIDOZ (yun. acidus — nordon) — organizmda (qon va suyuqliklarda) kislota-ishqor muvozanatining buzilishi: bunda ishqoriy kationlar bilan kislota anionlari oʻrtasidagi nisbat oʻzgarib, anionlarning koʻpayib ketishi tomonga siljish roʻy beradi. Asidozning kelib chiqish sababiga koʻra, gazli, gazsiz, moddalar almashinuvi bilan bogʻliq va b. xillari farq qilinadi. Bunda organizmda normal sharoitda meʼyori bilan parchalanadigan va tezda chiqib … Читать далее

ATSETALDEGID

ATSETALDEGID, sirka aldegid, etanal, SN3SNO — toʻyingan aldegidlarayan biri. Mol. m. 44,05. Oʻtkir hidli, rangsiz suyuklik, suvda yaxshi eriydi. Zichligi 778 kg/mʻ. Qaynash t-rasi 20,8°. A. Kucherov reaksiyasi yordamida, yaʼni atsetilenni simob tuzlari ishtirokida gidratlash yoki vino spirtini oksidlash nuli bilan olinadi. Asetaldegid aldegidlarga xos kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Mineral kislotalar taʼsirida Asetaldegid suyuq holatdagi paraldegidni … Читать далее

AXMEROVA Laylo Bekniyozovna

AXMEROVA Laylo Bekniyozovna (1957.1.5, Andijon) — chim ustida xokkeychi, xalqaro klassdagi sport ustasi, olimpiya oʻyinlari sovrivdori. Andijon chet-tillar in-tini bitirgan (1978). «Andijanka» chim ustida xokkey jamoasi tarkibida oʻynab uch marta mamlakat chempioni boʻlgan (1979, 1980, 1986). Mamlakat terma jamoasi xokkeychilari b-n birgalikda olimpiada (1980) xamda jahon chempionati (1981)da bronza medallarini qoʻlga kiritgan.