ALANIY

ALANIY, a-aminopropion kislota, tabiatda keng tarqalgan aminokislotalardan biri. Mol. m. 89,09. Organizmda erkin holda uchraydi, barcha oqsillar tarkibiga kiradi. R-A. CH2(NH2) CH2COOH oqsillar tarkibida uchramaydi, lekin aminokislotalar almashinuvida u oraliq mahsulot boʻlib, ayrim biologik faol birikmalar tarkibiga kiradi. Bufer eritmalar tayyorlashda, pantoten kislota va biologik faol peptidlar analoglarini sintez qilishda ishlatiladi.

AKSIYA

AKSIYA (frans. action — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. Aksiya qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. Aksiya chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb … Читать далее

AKUSTIK QARSHILIK

AKUSTIK QARSHILIK, akustik impedans — akustik tizimlar tebranishlarini oʻrganish maqsadida kiritiluvchi kompleks qarshilik. Akustik qarshilik tovush bosimining zarra (qaytaruvchi sirtga tik yoʻnalishda harakatlanayotgan zarra) tezligiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu fizik kattalik elektrotexnikada uchraydigan impedans (toʻla qarshilik) tushunchasi kabi aktiv Ra va reaktiv Xp A. q. umumiy yigindisidan iborat. Tizimdagi ishkalanishlar va atrofga nurlanadigan akustik energiya … Читать далее

AKTUALIZM

AKTUALIZM (geologiyada) , aktualistik metod (ing. aktual — zamonaviy haqiqiy, amalda mavjud) — Yer taraqqiyotining tarixini oʻrganish uchun qullaniladigan qiyosiy-tarixiy metod. A. oʻtmishdagi geologik jarayonlar hamda ular natijasida roʻy bergan hodi-salar hoz. zamonda boʻlayotgan jarayon va hodisalarga oʻxshash degan fikrga asoslangan. Shunga asosan, hoz. zamonda boʻlib turadigan geologik jarayonlar, muhitlar va ular natijasida kelib chiqqan … Читать далее

AKTIVLANISH ENERGIYASI

AKTIVLANISH ENERGIYASI — molekulalarni faol holatga oʻtkazish uchun sarflanadigan energiya. Oʻlchov birligi j/mol. Molekulani aktivlash uchun unga yuqori t-ra, ultratovush, nur energiyasi yoki katalizator taʼsir ettiriladi. Har bir reaksiyaning uziga xos Aktivlanish energiyasi (Ye) mavjud. Bunday energiyaga ega boʻlgan molekulalar (atomlar, radikallar) toʻqnashgandagina reaksiya sodir boʻladi.

AKSINIT

AKSINIT (yun. axine — bolta; kristalining shaklidan olingan) — mineral. Rangi koʻpincha moviy yoki binafsha rangda tovlanuvchi qoʻngʻir tusda. Kristallar, druzalar, massalar holida boʻladi. Aksari temir, mis, polimetall, qalay va marganes rudalari bilan birga uchraydi. Aksinit bor elementi olish uchun xom ashyo boʻlishi mumkin.

AKROMEGALIYA

AKROMEGALIYA (yun. akros — oyoqqoʻl va megos — katta) — miya ortigi (gipofiz) oʻsish gormonini ortiqcha i. ch. natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning lab, burun, pastki va yuqori jagʻi hamda oyoqqoʻli, shuningdek ichki aʼzolari kattalashib ketadi. Akromegaliyada tana skeleta, yumshoq toʻqimalari (biriktiruvchi toʻqima, muskul, shilliq pardalar) haddan tashqari oʻsib ketadi. Koʻpincha 18—35 yoshdagi … Читать далее

AKONKAGUA

AKONKAGUA — Jan. Amerika And togʻlaridagi choʻqqi. Argentinada, Chili chegarasi yaqinida. Mutlaq bal. 6960 m (Amerikada eng baland choʻqqi). Asosan andezit togʻ jinsidan tashkil topgan. Qor bilan krplangan. 7 ta muzlik bor, uz. 6 km gacha, umumiy mayd. 80 km2.

AKKORDEON

AKKORDEON (frans. accordeon) — 1) chap qoʻl tomonda tayyor akkordlari boʻlgan tilchali musiqa asboblarining umumiy nomi. 1829-y. paydo boʻlgan. Bir tugmachasi bosilsa, butun akkord sadolangan; q. Garmon;