AMIR TEMUR BOGʻLARI

AMIR TEMUR BOGʻLARI — Amir Temur Samarqand atrofida bunyod ettirgan bogʻlar. Amir Temur Bogʻlari xususidagi dastlabki maʼlumotlar oʻtmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, A. T. b. Oʻrta asrlar rassomlari miniatyuralarida ham tasvirlangan.

AMINOKISLOTALAR

AMINOKISLOTALAR — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A — rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼlum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida … Читать далее

AMIN

AMIN (arab. — ishonchli, halol) — 1) Muhammad alayhissalomga paygʻambarlik vahiyi kelmasidan burungi davrda u zotning nihoyatda halol, rostgoʻy boʻlganliklari tufayli xalq tomonidan berilgan laqab (Muhammad amin, yaʼni Muhammad halol, ishonchli). 2) Amir Temur va temuriylar davrida asosan moliya va q. x. ni boshqarish ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldor boʻlib, davlat devoni tomonidan tayinlangan. 3) Buxoro … Читать далее

AMERIKACHA QURILMA

AMERIKACHA QURILMA — oʻrta va kichik oʻlchamli teleskoplarni oʻrnatishda qoʻllaniladigan qurilma. 19-a. da ixtiro etilgan. Teleskopning pastki qismi A q. qutb oʻqining ayrisimon uchi ichiga kirib turadi. Amerikacha qurilma yordamida oʻrnatilgan teleskop vositasida osmonning istalgan nuqgasidagi kosmik jismni kuzatish mumkin. Amerikacha qurilmaning boshqa (nemischa va inglizcha) turdagi qurilmalardan afzalligi: bu kurilmada teleskop trubalarini muvozanatda saqlab … Читать далее

AMERIKA BANKI

AMERIKA BANKI, Amerika trast omonat banki (Bank of America NT&SA) — AQSHdagi xususiy bank, jahondagi eng yirik banklar sirasiga kiradi. Boshqaruvi San-Fransisko sh. da. 1904-y. da italiyalik A. Jennini tomonidan Italiya banki nomi bilan tashkil etilgan. 1930-y. dan Kaliforniyadagi «Bank of Amerika of Kaliforniya» bilan qoʻshilganidan keyin hoz. nomda. Koʻpgina mayda va yirik banklarni singdirib, … Читать далее

AMBLIOPIYA

AMBLIOPIYA (yun. amblys — oʻtmas, zaiflashgan) — koʻz optik sistemasi, toʻr pardasi yoki koʻruv nervi tolasining bir yoki ikki tomonlama shikastlanishi natijasida koʻrishning pasayishi. Shikastlanish koʻruv analizatorining koʻz kosasidan boshlab to bosh miyagacha boʻlgan yoʻllaridan qaysi birida sodir boʻlgan boʻlsa, shunga qarab Ambliopiyaning turli shakllari yuzaga kelishi mumkin. Mas, shikastlanish xiazma, koʻruv yoʻli va poʻstloq … Читать далее

AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTI

AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTI — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun huj-jatlarini kuzatish, oʻrganish, baholash va istiqbolni belgilash in-ti. 1996-y. 3 dek. da Toshkentda tashkil etilgan. U jahonda birinchi parlament intidir. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti qonun hujjatlarini tahlil etib, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga muvo-fiqlashtiradi, qonunchilik ishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan … Читать далее

ALYASKA OQIMI

ALYASKA OQIMI — Tinch okeanning shim.-sharqiy qismidagi iliq oqim, Shim. Tinch okean oqimining shim. tarmogʻi, Aleut o. laridagi sharqiy boʻgʻozlar orqali Bering dengiziga kiradi. Oqim tezligi 0,9—1,8 km/soat. Suv t-rasi fevralda 2—7°, avg. da 10—15°. Kurosio iliq oqimlar tizimiga kiradi.