AMINOKISLOTALAR

AMINOKISLOTALAR — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A — rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼlum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdankam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, baʼzan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalarning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki b. birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 Aminokislotalar — proteinogen Aminokislotalar (lizin, gistidin, arginin, aspartat kislota, asparagin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, sistein, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metionin, lizin, valin, treonin, izoleysin va leysin) almashinmaydigan A bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x