AMERIKA BANKI

AMERIKA BANKI, Amerika trast omonat banki (Bank of America NT&SA) — AQSHdagi xususiy bank, jahondagi eng yirik banklar sirasiga kiradi. Boshqaruvi San-Fransisko sh. da. 1904-y. da italiyalik A. Jennini tomonidan Italiya banki nomi bilan tashkil etilgan. 1930-y. dan Kaliforniyadagi «Bank of Amerika of Kaliforniya» bilan qoʻshilganidan keyin hoz. nomda. Koʻpgina mayda va yirik banklarni singdirib, sotib olib sanoat hamda q. x. da katta taʼsirga ega boʻlgan. Tijorat, omonat, ipoteka faoliyati bilan shugʻullanadi, yirik xalqaro banklar bilan hamkorlik qiladi. AQSHning oʻzida 1500 dan koʻproq, xorijiy mamlakatlarda 500 boʻlimi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x