AN GʻOʻZA NAVLARI

AN GʻOʻZA NAVLARIOʻzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biol. si in-tida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻza navlari. «AN» indeksi ruscha «Akademiya nauk» («Fanlar Akademiyasi») suzlaridan olingan. Bu guruhdan r-nlashtirilgan navlar: AN-402 — yovvoyi Meksika gʻoʻzasini radiofosfor eritmasida ishlash usuli bilan chikarilgan (1974; N. Nazirov, F. Joniqulov, H. Qambarov, J. Dadajonov). 1978-y. dan r-nlashtirilgan. AN-Boyovut 2 — Toshkent 1 navi populyatsiyasi tarkibini ajratish usuli bilan yaratilgan (S. S. Sodiqov). 1983-y. dan r-nlashtirilgan. AN-Samarqand — 108F va AN-401 navlarini duragaylab yaratilgan (1974; O. Jalilov, N. Nazirov, S. T. Toʻxliyev, D. M. Boboyev). 1980-y. dan r-nlashtirilgan. AN-410 — Toshkent 1 va AN-401 radiomutant navini chatishtirishdan olingan avlodni yakka tanlash usulida chiqarilgan (J. Dadajonov). 1991-y. dan r-nlashtirilgan. AN-510 — AN-505 va SL-2366 navlarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan (D. Akkujin, P. Ya. Popova, R. N. Nurmatov). 1991-y. dan r-nlashtirilgan. AN — Oʻzbekiston 3—AN-Oʻzbekiston 1 va 108-F navlarining tabi-iy duragaylanishi hamda qaytaqayta yakka tanlash usuli bilan yaratildi (N. R. Faqirov, I. N. Odilxujayev, 1976). 1980-y. dan r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x