ARABINOZA
ARABINOZA, S5N10O5 — pentozalar guruhiga mansub oddiy uglevod (monosaxarid). Mol. m. 150,14. Rangsiz, shirin taʼmli, suvda eruvchan kristallar. Suyuqlanish t-rasi 158°. A. koʻpchilik polisaxaridlar, glyukozidlar, gummilar, saponinlar tarkibiga kiradi. Arabinoza ayrim bakteriyalar uchun birdan-bir uglevod manbaidir.