AORSLAR

AORSLAR — sarmat qabilalarining yirik ittifoqi. Aorslar haqida maʼlumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tatsit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomalarida Aorslar yansay nomi bilan keltirilgan. Aorslar dastlab Orol yoki Kaspiy dengizining shim. da yashagan. Mil. av. 2-a. da Kaspiy dengizining shim. bilan Don daryosi oraligiga va Kavkaz togʻlari tomonga tarqalgan. Aorslar jangari koʻchmanchi chorvadorlar boʻlib, Kavkaz, Bospor davlati, Turkiston xalqlari oʻrtasidagi savdo ishlarida, Bospor davlatidagi taxt uchun oʻzaro urushlarda faol qatnashgan. 2-a. da alanlar boshchiligidagi yirik sarmat qabilalari ittifoqiga qoʻshilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x