ADMIRAL
ADMIRAL (arab. — amir ul-bahr — dengiz hukmdori, hokimi) — HarbiyDengiz flotining qoʻmondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi Admirallar uchun — kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi Admirallar uchun — injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor (yana q. Harbiy unvonlar).