ADMIRAL

ADMIRAL (arab. — amir ul-bahr — dengiz hukmdori, hokimi) — HarbiyDengiz flotining qoʻmondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi Admirallar uchun — kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi Admirallar uchun — injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor (yana q. Harbiy unvonlar).

ADIB SOBIR TERMIZIY

ADIB SOBIR TERMIZIY (Shohobiddin ibn Ismoil) (1078 — Termiz — 1147) — shoir. Termizda voyaga yetgan. Falakiyot va riyoziyot bilan shugʻullangan. Bir necha yil Arabiston va Xurosonda sayohatda yurgan. 30 yil Xuroson hoki-mi Abulqosim Ali ibn Jaʼfar saroyida, soʻng Marvda saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar saroyida xizmat qilgan, adabiy muhit bilan tanishgan. Umar Xayyom, Futuxiy, Marvoziy, … Читать далее

ADEKVAT

ADEKVAT (lot. adaeguatus — tenglashgan, mos, aynan bir, oʻxshash) — bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va aloqalarini ularning obyektiv mazmuniga toʻgʻri keladigan, aniq va mos qilib olish. Inson ongi obyektiv borliqni ijtimoiy amaliyot asosida Adekvat aks ettira boradi (q. Haqiqat).

ADAPTER

ADAPTER (lot. adapto — moslashtiraman) — 1) tovushni qayta eshittirishda — mas, grammofon plastinkasi aylanganda ninaning yoki torli cholgʻu asboblari torlarining mexanik tebranishini tovush chastotasining elektr tebranishlariga aylantirib beruvchi qurilma. Grammofon A. i kallak va tonermadan iborat. Kallak elektromexanik oʻzgartirgich hisoblanadi. Tonerma sterjen koʻrinishida boʻlib, uchiga kallak oʻrnatiladi. Kallakning elektromagnit va pyezoelektrik xillari bor. Elektromagnit … Читать далее

ARGON

ARGON (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, at. m. 39,948, birinchi marta 1894-y. da havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 189,4°, qaynash t-rasi 185,87°. A. odatdagi t-rada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmosferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 … Читать далее

ARAPOV Boris Aleksandrovich

ARAPOV Boris Aleksandrovich (1905.12.9, Peterburg – 1992.28.1) – rus kompozitori, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbo-bi (1944). 1930-y. dan Leningrad kon-servatoriyasida kompozitsiyadan daryo bergan, prof. (1948). Leningrad konservatoriyasi bilan 1941 — 44 y. larda Toshkentda evakuatsiyada boʻlgan. Sharq mavzulari va kuylariga izchil murojaat etgan. «Nasriddin Buxoroda» musiqali komediyasi (F. Gʻulom va V. Vitkovich bilan hamkorlikda, … Читать далее

ARALASH KOʻPAYTMA

ARALASH KOʻPAYTMA — uchta (a, b, s) vektorga mos qoʻyilgan son. U ikkita (a, b) vektorlarning vektor koʻpaytmasi uchinchi (s) vektor bilan skalyar koʻpaytmasiga teng. Aralash koʻpaytma (a, b) s kabi belgilanadi. Aralash koʻpaytma skalyar son boʻlib, uning ishorasi a, b, s vektorlari bilan koordinata vektorlarning oriyentatsiyalari bir xil boʻlganda musbat, aks holda esa manfiy … Читать далее

ARAVASOZLIK

ARAVASOZLIK — arava yasash kasbi; duradgorlikning qadimdan keng tarqalgan tarmogʻi. Arava qattiq, pishiq yogʻochdan yasalgan. Aravasoz usta avvalo yogʻoch tanlagan. Oʻzbekistonda aravaning gʻildirak gardishi, gupchagi, oʻqi va gardish bilan gupchakni birlashtiruvchi yogʻochlar qayragʻochdan tayyorlangan, ayniqsa gupchak qayragʻochning chayir qismidan yasalgan, baʼzan arava oʻqi va shotisiga olma daraxti yogʻochidan foydalanilgan. Arava tanasi — shotisi va yuk … Читать далее