AZULENLAR

AZULENLAR — (bitsiklo (5.3.0) dekapentanlar), oʻzaro kondensiyalangan 5 va 7 halqadan iborat bekzoid aroma-tik birikmalar. Eng sodda vakili azulendir (I). Azulen koʻk rangli plastinka holidagi modda. Suyuqlanish t-rasi 98,5—99°, qaynash t-rasi 170% konsentrlangan mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Azulenlar halqalarning nosimmetrikligi sababli bipolyardir (II).

AZOR ANTITSIKLONI

AZOR ANTITSIKLONI — Atlantika okeanining Shim. yarim shardagi subtropik va tropik qismi ustidagi yuqori atmosfera bosimi oblasti. Markazi — 35-parallelda, Azor o. lari yaqinida. Azor antitsiklonining bir tarmogʻi qishda Saxroi Kabirga, yezda esa Oʻrta dengizga va Jan. Yevropaga kirib boradi. Azor antitsiklonining markazida bosim yanv. da 1022 mb dan yuqori, iyulda 1025 mb dan ziyod. … Читать далее

AZLAROV Tursun Abdurahimovich

AZLAROV Tursun Abdurahimovich (1938, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), prof. (1974), fizika-mat, fanlari d-ri (1973). ToshDU ni tugatgan (1960). ToshDU da hamda Oʻzbekiston FA V. I. Romanovskiy nomidagi matematika in-tida ishlagan (1960-y. dan), Oʻzbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari (1992—95).

AZIMOV Sarvar Olimjonovich

AZIMOV Sarvar Olimjonovich (1923.20.5, Jizzax – 1994.3.11, Toshkent) — yozuvchi, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filol. fanlari d-ri (1968). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1946). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor oʻrinbosari (1948 — 55). OʻzKP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1955—56). … Читать далее

AZIZOVA

AZIZOVA Mukarrama (1913.23.5 — Namangan — 1964.23.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskvada oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1927—28). 1928-31 va 1960—62 y. larda Andijon teatrida, 1931-y. dan Namangan teatrida aktrisa va rej. Dramatik va musiqali spektakllarda, asosan, liriko-dramatik rollarni ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Jamila (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Nurxon … Читать далее

AJRATILGAN MUHITDA OʻSTIRISH

AJRATILGAN MUHITDA OʻSTIRISH, oʻsimlikni ajratilgan muhitda oziqlantirish — oʻsimliklar fiziologiyasini tadqiq qilish usullaridan biri; Aj. m. oʻ. ni birinchi boʻlib rus olimi P. R. Slyozkin qoʻllagan (1893). Ajratilgan muhitda oʻstirishda oʻsimlik ildizlari ikki yoki undan koʻproq qismga taqsimlanib, oziq moddalarining har xil aralashmasidan tashkil topgan eritmaga joylashtiriladi. Buning uchun tuproq (koʻpincha qum) yoki eritma solingan … Читать далее

AJANTA

AJANTA — Hindistonning gʻarbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi meʼmoriy majmua. Avrangoboddan shim.sharq,da, Mahorashtra shtatida. A. Vagxora daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. 2-a. — mil. 7-a.). Jami 29 ta gʻor ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qad. xalq meʼmorligi uslubida yaratilgan. Ajantaning keyingi qurilgan qismlari haykallar va devoriy rasmlar bilan bezatilgan. … Читать далее

AYOZ

AYOZ — turkiy xalqlar topishmoqli ertaklarida anʼanaviy kahramon. Dono va tadbirkor. Oddiy xalq himoyachisi, sezgir va soʻzamol, kishilar qalbiga yoʻl topa biladigan kishi. Har bir soʻzi, harakat va holati taʼlimiy-didaktik ahamiyatga ega. «Ayoz, koʻrgan kuningni unutma, xom chorigʻingni quritma» mazmunidagi maqollar Ayoz haqidagi ertak va rivoyatlar taʼsiri natijasida yuzaga kelgan.

ADRENOKORTIKOTROP GORMON

ADRENOKORTIKOTROP GORMON (AK. TG) , kortikotropin — gipofizning old boʻlagida ishlanib chiqadigan gormon. U 39 aminokislota krl-digʻidan tashkil topgan bitta polipeptid zanjiridan iborat. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining poʻst qavatini stimullaydi, turli kortikosteroid gormonlar (mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar, androgenlar) ishlanib chiqishini kuchaytirib, moddalar almashinuvining deyarli hamma turlariga taʼsir koʻrsatadi. Organizmning turli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan moslanish (adaptatsiya) va qarshilik … Читать далее