ARABINOZA

ARABINOZA, S5N10O5 — pentozalar guruhiga mansub oddiy uglevod (monosaxarid). Mol. m. 150,14. Rangsiz, shirin taʼmli, suvda eruvchan kristallar. Suyuqlanish t-rasi 158°. A. koʻpchilik polisaxaridlar, glyukozidlar, gummilar, saponinlar tarkibiga kiradi. Arabinoza ayrim bakteriyalar uchun birdan-bir uglevod manbaidir.

APPAREL

APPAREL (frans. appareli — kirish yoʻli) — 1) qiya tushgan yoʻl (harbiy muhandislikda). Toʻp-zambaraklar, tanklar va b. harbiy texnika joylashgan okoplarda ham Apparel keng qoʻllaniladi. Qalʼalarda Apparel toʻplarni tepalikka chiqarish uchun ishlatiladi;

APONEVROZ

APONEVROZ (yun. aponeurosis: apo… va neuron — pay) — tarkibida qalin elastik va kollagen tolalar boʻlgan biriktiruvchi serbar toʻqima; baʼzi serbar muskullar payi. Qoʻl-oyoq kafti terisining ostida, boshning sochli qismida, qorin devorida va b. joylarda boʻladi. Aponevroz serbar muskullarni suyaklar yoki boshqa toʻqimalar bilan bogʻlaydi.

APILAK

APILAK, asalari suti — ishchi asalarilarning beli va koʻkrak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sargʻish quruq kukun. Biologik stimulyator xususiyati bor. A. tibbiyotda bolalarning gipotrofiya, kattalarning gipotoniya kasalliklarini hamda ayellardagi laktatsiya (sut hosil boʻlishi)ning buzilishini davolashda qoʻllaniladi. Apilak atir-upa sanoatida ham ishlatiladi. Uning tarkibida oqsil, qand, yogʻ, mineral tuzlar, vitaminlar va D … Читать далее

AORSLAR

AORSLAR — sarmat qabilalarining yirik ittifoqi. Aorslar haqida maʼlumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tatsit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomalarida Aorslar yansay nomi bilan keltirilgan. Aorslar dastlab Orol yoki Kaspiy dengizining shim. da yashagan. Mil. av. 2-a. da Kaspiy dengizining shim. bilan Don daryosi oraligiga va Kavkaz togʻlari tomonga tarqalgan. Aorslar jangari koʻchmanchi chorvadorlar boʻlib, Kavkaz, Bospor … Читать далее

ANTROPOSOFIYA

ANTROPOSOFIYA (antropo… va yun. sophia — donishmandlik) — xudo oʻrnida ilohiylashtirilgan odamga eʼtiqod qilishni targʻib etuvchi taʼlimot. 20-a. maʼnaviy hayotida paydo boʻlgan bu taʼlimotga nemis olimi R. Shteyner (1861 – 1925) asos soldi. Odamni ilohiylashtirgan Antroposofiya uch olam: oliy — ruhiy, oʻrta — avstral (energiya), quyi — tabiiy (materiya) olam bor, deb qaraydi. 1913-y. da … Читать далее

ANTRATSIT

ANTRATSIT (yun. anthrakitis — kumir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma koʻmir. Toshkoʻmirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, baʼzan kulrang va sargʻish tusda tovlanadi. Mineralogik shkala boʻyicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik massa zichligi 1500 — 1700 kg/ m3; organik massaning yonish issiqligi 33,9 – 34,8 Mj/kg (8100 – 8350 kkalGʻkg); analitik namligi 1 — 3%, yonuvchi … Читать далее

ANTLAR

ANTLAR — slavyan qabilalari ittifoqining 6 — 7-a. boshida Vizantiya va got tarixchilari asarlaridagi qad. nomi. «Ant» soʻzi birinchi marta 3-a. ga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. Antlar Dnestr va Dnepr daryolari oraligʻida yashagan. 4 — 6-a. larda Antlarda chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik, zargarlik, toʻqimachilik va temirchilik) ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va … Читать далее