ADAPTER

ADAPTER (lot. adapto — moslashtiraman) — 1) tovushni qayta eshittirishda — mas, grammofon plastinkasi aylanganda ninaning yoki torli cholgʻu asboblari torlarining mexanik tebranishini tovush chastotasining elektr tebranishlariga aylantirib beruvchi qurilma. Grammofon A. i kallak va tonermadan iborat. Kallak elektromexanik oʻzgartirgich hisoblanadi. Tonerma sterjen koʻrinishida boʻlib, uchiga kallak oʻrnatiladi. Kallakning elektromagnit va pyezoelektrik xillari bor. Elektromagnit Adapter keng tarqalgan. Nina plastinkada yurganda tebranadi va tebranishlar yakorga uzatiladi, yakor tebranganda esa qutb uchliklari boʻlgan doimiy magnit vujudga keltiradigan magnit oqimi oʻzgaradi, gʻaltakda e. yu. k. induksiyalanadi (q. Magnit induksiyasi). Bu e. yu. k. ninaning mexanik tebranishlariga mos ravishda oʻzgarib turadi. Adapterda vujudga keladigan elektr tebranishlari kuchaytiriladi va tovush tebranishlariga aylanadi; A. elektr va akustik torli cholgʻu asboblari, elektrogitara, gitara, oʻzbek sozlari (tanbur, gijjak va b.)da ham qoʻllaniladi;

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x