BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI

BOLDIRPANJA BOʻGʻIMI — katta va kichik boldir suyaklarining pastki boʻgʻim yuzasi, oʻng va chap toʻpiqlarning boʻgʻim yuzasi bilan oyoq panjasining oshiq suyagi ustki boʻgʻim yuzalarining oʻzaro qoʻshilishidan vujudga kelgan boʻgʻim. Boldirpanja boʻgʻimi gʻaltaksimon boʻgʻim boʻlib, unda faqat bukilish va yozilish harakati roʻy beradi. Toʻpiklar boʻgʻimni yon tomonga bukilishdan saqlaydi, natijada yurish oson boʻladi. Boldirpanja boʻgʻimini … Читать далее

AVTOMATLAR NAZARIYASI

AVTOMATLAR NAZARIYASI — nazariy kibernetikaning bir qismi; turli diskret axborotlar oʻzgartirgichlarini tekshiradi. Abstrakt (mavhum) avtomat va avtomatlar kompozitsiyasi tushunchalari Avtomatlar nazariyasining asosiy tushunchalaridir. Abstrakt avtomat tushunchasi qurilmani axborotlarni qayta ishlash algoritmi nuqtayi nazaridan, avtomatlar kompozitsiyasi tushunchasi esa uning boshqa qurilmalardan qanday yasalganligi nuqtayi nazaridan tavsiflashga imkon beradi. Avtomatlar nazariyasi bir necha boʻlimdan iborat. Diskret qurilmalar … Читать далее

AVTOKATALIZ

AVTOKATALIZ (avto… kataliz) — reaksiya jarayonida katalitik taʼsir etuvchi soʻnggi yoki oraliq mahsulotlarning toʻplanishi natijasida reaksiyaning tezlashishi. Reaksiya mahsuloti — sirka kislota SN3SOON va uning elektrolitik dissotsiatsiyasi natijasida hosil boʻlgan NQ ioni reaksiyani tezlashtiradi. Avtokatalitik reaksiya tezligi avval katalizator sifatida taʼsir etuvchi mahsulot miqdorining ortib borishi sababli keskin ravishda oʻsib, soʻngra reaksiya jarayonida boshlangich moddalarning … Читать далее

AVSTRALORP TOVUQ ZOTI

AVSTRALORP TOVUQ ZOTI — goʻsht va tuxum uchun boqiladigan zot. Avstraliyada 20-a. ning 20-y. larida ingliz qora orpington tovuq zoti negizida olingan. Oyoklari kalta, pati tovlanuvchan qora, tanasi choʻziq. Xoʻrozlarining tirik vazni 3,5—4 kg, tovugʻiniki 2,5 — 2,7 kg. Bir yilda 180 va undan koʻproq tuxum qiladi. Tuxumlari och jigarrang, vazni oʻrtacha 55—60 g. Asosan … Читать далее

AVSAT

AVSAT — 19—20-a. boshlarida Xiva xonligida 5—10 tanob yeri boʻlgan oʻrta hol dehqonlar. Xonlikda Avsatlar 5716 xoʻjalik boʻlib, ularga qarashli yerlar 43 mingga yaqin tanobni tashkil qilgan.

AVOGADRO SONI

AVOGADRO SONI (Avogadro doimiysi) (N bilan belgilanadi) — har qanday moddaning 1 mot tarkibidagi molekulalar soni yoki moddaning gramm-atomidagi atomlar soni. U. Avogadro sharafiga shunday atalgan. Fizika va kimyodagi eng muhim universal doimiylardan biri. Avogadro sonini amalda oʻlchash usullari juda koʻp. Uni aniqlash moddalarning atom va molekulalardan tuzilganligini hamda atom, molekulalarning mavjudligini isbotlovchi asosiy dalillardan … Читать далее

AVIYETKA

AVIYETKA (frans. aviette) — yengil motorli, vintli sport samolyotining eski nomi. Aviyetka, odatda, bir yoki ikki oʻrinli boʻladi. Dvigatelining quvvati 100—150 o. k. gateng. Asosan oʻquv-mashq maqsadlarida ishlatiladi.

AVIATRASSA

AVIATRASSA — fuqaro havo flotining turli samolyotlari va vertolyotlari muntazam ravishda qatnaydigan havo yoʻli. A. da aerodromlar va b. vosi-talar (yoʻl chiroqlari, tanish belgilari, aviatsiya mayoqlari va h. k.) boʻladi. Fuqaro aviatsiyasida samolyot hamda vertolyotlar, odatda, Aviatrassa boʻylab uchadi. Baʼzan ayrim hollarda (ekspeditsiya, tibbiy yordam koʻrsatish va b.) A. dan tashqari ham uchish mumkin. Oʻzbekistonda … Читать далее